Davlat organlari va tashkilotlarining axborot xizmati xodimlari uchun offlayn va onlayn shaklda trening mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi

24.12.2021, 19:27

Ma’lum qilinganidek, kecha Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Adliya vazirligi bilan hamkorlikda OAV vakillari uchun o‘quv-seminari tashkil etilgan edi.

Bugun, 24 dekabr kuni davlat organlari va tashkilotlarining axborot xizmati xodimlari uchun offlayn va onlayn shaklda trening mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilari dolzarb mavzular yuzasidan ma’ruza va taqdimotlar qildi.


Xususan, «Davlat organlarining ochiqlik va shaffofligini ta’minlashda axborot xizmatining o‘rni», «Korrupsiyaga qarshi kurashda jamoatchilik va  OAVning ahamiyati», «Axborot xizmatining jamoatchilik va OAV bilan aloqalari», «Inqirozli kommunikasiya: ijtimoiy tarmoqlardagi tanqidlarga javob berish» kabi yo‘nalishlarda matbuot kotiblari o‘z bilimlarini oshirdi.


Seminar davomida olingan ko‘nikmalarni amaliyotda qo‘llash, tizim va reja asosida ishlash yuzasidan tavsiyalar berildi.


Увеличить на0%