AOKAda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlili

27.12.2021, 19:19

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6013-son, 2021-yil 6-iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida Korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6257-son Farmonlari hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5177-son qarorida belgilangan vazifalar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashidan kelgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan tizimli ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Farmon bilan tasdiqlangan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2021-2022-yillarga mo‘ljallangan Davlat dasturida, Agentlikka yuklatilgan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, Agentlik direktorining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni ijrosini ta’minlash to‘g‘risida” 2021 yil 8 iyuldagi 161-son buyrug‘i bilan tasdiqlandi.

Korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish borasidagi ishlarni jamoatchilikka yetkazib borish hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining ommaviy axborot vositalari bilan samarali hamkorligini yo‘lga qo‘yish borasidagi takliflar Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan birgalikda ishlab chiqilib, tasdiqlangan reja asosida yoritish tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Bundan tashqari, Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquq-tartibot organlari tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga doir materiallarlar hamda ushbu mavzulardagi brifinglar, matbuot anjumanlari OAV va Agentlik rasmiy veb-sayti, ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida muntazam yoritib borilmoqda.

Shuningdek, Agentlik direktorining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori ijrosini ta’minlash to‘g‘risida” 2021-yil 8-iyuldagi 160-son buyrug‘i asosida Agentlik nomenklaturasiga kiruvchi bo‘sh ish o‘rinlariga ishga qabul qilishni ochiq tanlov asosida amalga oshirish hamda tanlov doirasida o‘tkaziladigan sinov tadbirlarini Internet tarmog‘i orqali real vaqt rejimida kuzatishni nazarda tutuvchi tartib joriy etildi.

Mazkur buyruq bilan Agentlikda korrupsiya xolatlarini barvaqt aniqlash va oldini olish, ularning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida, Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat (komplayens-nazorat) funksiyasini olib borish vazifasi Agentlikning O‘z xavfsizlik xizmatiga yuklatildi. Shu asosda Agentlik direktorining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi O‘z xavfsizlik xizmatining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat faoliyati to‘g‘risida”gi Nizomni tasdiqlash haqida 2021-yil 16-sentyabrdagi 217-son buyrug‘i tasdiqlandi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5177-son qarori hamda Agentlikning 2021-yil 7-sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashi majlisining 4-son bayonnomasi ijrosini ta’minlash to‘g‘risida”gi 211-son buyrug‘iga binoan “Barcha davlat tashkiloti va idoralarida mavjud shtat birliklari doirasida Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish” vazifasi yuklatilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan BMT TD dasturi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimini joriy etish uchun zarur bo‘lgan ichki idoraviy hujjatlar to‘plami Agentlikning “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha asosiy ichki idoraviy hujjatlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2021-yil 4-noyabrdagi 255-son buyrug‘i bilan tasdiqlanib, Agentlik va uning tarkibiy tuzilmalarida korrupsiyani tubdan yo‘qotish, xodimlarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida amaliyotga tatbiq etildi.

Agentlikda korrupsiya holatlarini barvaqt aniqlash va oldini olish, ularning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, xodimlarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, shuningdek, xodimlarning axborot xavfsizligi borasida malaka va bilimlarini oshirish maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va boshqa mutasaddi idoralardan masul xodimlarni taklif etgan holda, o‘tgan vaqt mobaynida mavzuga oid 4 ta seminar o‘tkazildi.

Shuningdek, Agentlikda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki komissiya tashkil qilingan bo‘lib, komissiya o‘z faoliyatini Agentlikning 2020-yil 10-avgustdagi 102-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki komissiyasi Nizomi” asosida olib bormoqda.

Agentlikning 2021 yil 7 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligining davlat xizmatlarini ko‘rsatishda idoraviy aloqa markazini “all enter” tashkil etish tartibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 110-son buyrug‘i asosida 1213 qisqa raqamli “call centre” va (71) 244 23 34 raqamli “ishonch telefoni” tashkil etilgan bo‘lib, rorrupsiyaviy xavf-xatarlarni minimum darajaga tushirish bo‘yicha amaliy ishlar Agentlikning rasmiy veb-sayti orqali doimiy ravishda e’lon qilib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-oktyabrdagi PQ-5263-son qarori bilan tasdiqlangan 2021-yilda amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni Korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish rejasi ijrosini ta’minlash maqsadida mazkur rejaga kiritilgan ommaviy axborot vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish sohasiga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlar (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4640-son “Noshirlik va matbaa sohasini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 16-martdagi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ommaviy axborot va kommunikasiyalar sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 19-dekabrdagi 1017-son qarori hamda Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmati rahbarini lavozimga tayinlashni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari bilan kelishish, ularni attestasiyadan o‘tkazish hamda ish samaradorligini baholash tartibi to‘g‘risidagi nizomi (ro‘yxat raqami 3187, 2019-yil 3-oktyabr) ekspertizadan o‘tkazildi va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuborildi (2021-yil 29-noyabrdagi 04-4798-son xat).

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining 2021-yil 19-avgustdagi 4-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining 2021-yil ikkinchi yarim yilligiga mo‘ljallangan Ish rejasining 20-bandiga asosan, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tizimidagi qonunchilik bazasi inventarizasiyadan o‘tkazildi.

Agentlik tomonidan kelgusida axborot va axborotlashtirish, noshirlik va matbaa faoliyatiga oid, shuningdek, ochiqlik va so‘z erkinligini ta’minlashga doir amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar bosqichma-bosqich, reja asosida Korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazib boriladi.

“9 dekabr — Xalqaro Korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” doirasida keng ko‘lamli Antikorrupsiya haftaligini o‘tkazish maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda Media-reja ishlab chiqilib, tadbirni keng jamoatchilikka etkazish bo‘yicha ishlar samarali amalga oshirildi va Antikorrupsiya haftaligi doirasida tashkil etilgan tadbirlarda Agentlik vakillarining faol ishtiroki ta’minlandi.

Agentlik tomonidan jamiyatda korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, xodimlarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faol dunyoqarash va mustahkam fuqarolik nuqtai nazarini shakllantiradigan chora-tadbirlar, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatining maqsadi, vazifalari va natijalari haqida tezkor, xolis va to‘liq axborot yetkazish yuzasidan keng qamrovli ishlar davom ettirilmoqda.

Увеличить на0%