AOKAda yil sarhisobi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi

29.12.2021, 17:30

Bugun Agentlik direktori va xodimlar, shuningdek, onlayn tarzda hududiy boshqarmalar, Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha Markaz hamda Milliy kutubxona rahbarlari ishtirokida 2021 yil yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.


Yig‘ilishda A.Xodjayev so‘zga chiqib, joriy yil davomida Agentlik tomonidan amalga oshirilgan ishlar, ko‘zlangan natijalar va erishilgan yutuqlar borasida to‘xtaldi. 


Xususan, yil davomida Agentlikda davlat organlari, tashkilotlar rahbarlari va mas’ul mutasaddilari ishtirokida 1000 dan ortiq tadbir tashkillashtirilgani, davlat rahbari va hukumat farmonlari, qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosi, ularning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida keng jamoatchilik va aholiga o‘z vaqtida axborot yetkazish, xalqaro miqyosdagi turli davlat tadbirlarini yoritish, kitobxonlikni targ‘ib qilish borasida ommaviy tanlovlar o‘tkazish, fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni ijobiy hal qilish, joriy yilda bo‘lib o‘tgan Prezident saylovi kampaniyasi, saylov jarayonlarini mahalliy va xorijiy OAVlarda tezkor yoritilishini ta’minlash va boshqa tegishli jabhalarda keng ko‘lamli ishlar olib borilgani qayd etildi.


Shuningdek, yig‘ilishda Agentlik direktorining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Kanat Abdikarimov yoshlar tomonidan ilgari surilayotgan loyihalar va ularni amalga oshirish rejalari xususida so‘z yuritdi.


Tadbir so‘ngida kasbi va burchiga mas’uliyat bilan yondashgan fidoyi, tashabbuskor va izlanuvchan xodim sifatida o‘zini namoyon etib kelayotgan Agentlik va tizimdagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi, Ommaviy kommunikasiyalar masalalari bo‘yicha Markaz va hududiy boshqarmalarda ishlovchi yosh xodimlarning ota-onalariga AOKA direktori nomidan tashakkurnomalar topshirildi.


Увеличить на0%