АOKАda korrupsiyaga qarshi tizimli ish olib boriladi

29.03.2022, 12:12

Аgentlikda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda boʼlish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi farmoni hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”, shuningdek, “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarorlarida belgilangan vazifalar, shu bilan birga Oʼzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashi topshiriqlari ijrosi yuzasidan tizimli ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlari, amalga oshirish mexanizmi va muddatlari, ijro uchun masʼullar belgilangan “Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasi huzuridagi Аxborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining korrupsiyaga qarshi kurashish boʼyicha dasturi” hamda boshqa meʼyoriy hujjatlar tasdiqlandi hamda ijrosi yoʼlga qoʼyildi.

Shuningdek, korrupsiya holatlarini barvaqt aniqlash va oldini olish, ularning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish, manfaatlar toʼqnashuviga yoʼl qoʼymaslik hamda korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida xodimlar har yili yoki paydo boʼlishi bilan manfaatlar toʼqnashuvi yuzasidan deklaratsiya toʼldirib kelishmoqda. Manfaatlar toʼqnashuvi holatlari aniqlangan taqdirda, Odob-ahloq komissiyasida uni bartaraf etish yuzasidan choralar koʼrish yoʼlga qoʼyilgan.

Bundan tashqari, Аgentlikdagi vakant lavozimlarga nomzodlar orasidan yetarli bilim va tajribaga ega, halol, puxta, xolis kadrlarni tanlov asosida saralab olish va ular bilan mehnat munosabatlarini rasmiylashtirish maqsadida, nomzodlarga nisbatan “Ishga qabul qilinayotgan nomzodlarni tekshirish boʼyicha Yoʼriqnoma” talablari asosida tekshiruv amalga oshirilmoqda. Аgentlik rasmiy veb-saytida ishga qabul qilish, rotatsiya toʼgʼrisidagi eʼlonlar va axborotlar doimiy ravishda berib borilmoqda.

Xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashishga oid ichki tartib-taomillardan xabardorligi hamda ushbu sohada bilim va koʼnikmalarini oshirish boʼyicha Аgentlikda turli tadbirlar, uchrashuvlar tashkil etib kelinmoqda.

2022-yilda Аgentlik xodimlarini etika va korrupsiyaga qarshi kurashish boʼyicha umumiy oʼqitish rejasi ishlab chiqilgan boʼlib, shu asosda Аgentlikning telegram kanalida vaqti-vaqti bilan mavzuga oid viktorina oʼtkazib borilmoqda. 

Bundan tashqari, korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida huquq-tartibot organlari tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga doir materiallarlar hamda ushbu mavzulardagi brifinglar va matbuot anjumanlari OАV va Аgentlik rasmiy veb-saytlari va telegram kanallarida muntazam yoritib borilmoqda.

Fuqarolarning Аgentlik va tizim tashkilotlar faoliyatida duch kelishi mumkin boʼlgan korrupsiya holatlari haqida xabar berishi uchun aloqa kanallari (rasmiy veb-sayt: www.aoka.uz, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifa: https://t.me/aoka_uz va https://www.facebook.com/aoka.uz/, ishonch telefoni: 71-244-23-34, qisqa raqam: 1213, elektron manzil: info@aimc.uz) yoʼlga qoʼyilgan. Oʼtgan vaqt mobaynida aloqa kanallari orqali 12 ta murojaat qabul qilingan boʼlib, 10 ta holatda murojaat qanoatlantirildi, 2ta holatda esa murojaat tasdiqlanmadi. 

Аgentlikda tomonidan jamiyatda korrupsiyaning har qanday koʼrinishiga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, xodimlarda korrupsiyaga qarshi kurashish boʼyicha faol dunyoqarash va mustahkam fuqarolik nuqtai nazarini shakllantirishga yoʼnaltirilgan chora-tadbirlar, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatining maqsadi, vazifalari va natijalari haqida tezkor, xolis va toʼliq axborot yetkazish yuzasidan keng qamrovli ishlar davom ettirilmoqda.

Увеличить на0%