AOKA direktori Turkiya Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i bilan uchrashdi

13.05.2022, 21:00
14-may kuni Istanbulda Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlarning OAV va axborot sohasiga mas’ul idoralari rahbarlarining to‘rtinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Yig‘ilishdan ko‘zlangan maqsad — turkiy davlatlar o‘rtasida ommaviy axborot vositalari va kommunikatsiyalar bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirishdan iborat.


Bugun, 13-may kuni ushbu nufuzli tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Asadjon Xodjayev Turkiya Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i Faxretdin Altun bilan muloqot qildi.


«Hilton Istanbul Bomonti Hotel» mehmonxonasida tashkil etilgan uchrashuvda turli jabhalardagi aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan dolzarb mavzular bo‘yicha fikr almashildi. Xususan, dezinformatsiyaga qarshi kurashish, feyk xabarlarni ekspertiza qilish, mediasavodxonlik, axborot qonunchiligini takomillashtirish kabi masalalar muhokama qilindi.


Mazkur yo‘nalishlar doirasida o‘zaro tajriba almashish, hamkorlikni kengaytirish yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi.

Увеличить на0%