Inson huquqlarini ta’minlashda gender tengligi masalalari

20.05.2022, 20:00

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universitetida Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz, Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi hamda Bosh prokuratura  hamkorligida 19-20 may kunlari respublika darajasidagi vazirlik, idora va tashkilotlar hamda hokimliklar axborot xizmatlari rahbarlari uchun «Inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi davlat siyosati va mazkur sohada xalqaro majburiyatlarning bajarilishi masalalari» mavzusida seminar-trening o‘tkazildi. 

Unda ishtirok etgan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova inson huquqlarini himoya qilishda Parlament va Ombudsmanning roli, xususan, davlat va jamiyat boshqaruvida gender tengligi masalalari yuzasidan ma’ruza qilindi. 

 — Gender – xotin-qizlar va erkaklar o‘rtasidagi munosabatlarning jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida, shu jumladan siyosat, iqtisodiyot, huquq, mafkura va madaniyat, ta’lim hamda ilm-fan sohalarida namoyon bo‘ladigan ijtimoiy jihat hisoblanadi, — dedi F.Eshmatova. — Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini ta’minlashning asosiy prinsiplari qonuniylik, demokratizm, xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi, jins bo‘yicha kamsitishga yo‘l qo‘yilmasligi, ochiqlik va shaffoflik kabi jihatlarni o‘z ichiga oladi. Buni jamiyat hayotiga tatbiq etish juda muhimligini qayd etdi. 

Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Увеличить на0%