Bolalarni zararli axborotdan himoya qilish bilan bog‘liq xizmat ishga tushdi

09.06.2022, 19:19
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyundagi 317-son qarori asosida «Bolalar sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish bo‘yicha ekspertlarni akkreditatsiya qilish» xizmati ishga tushirildi.

Endilikda bolalar sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasi ekspertlari akkreditatsiyadan o‘tish uchun elektron ariza berish imkoniyatiga ega bo‘ldi.


Reglamentga ko‘ra, ariza beruvchi davlat xizmatlari markazlariga bevosita yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orqali elektron murojaat qiladi.


Talabgorlar oliy ma’lumotga, pedagogika, yoshga oid psixologiya va fiziologiya, bolalar psixiatriyasi sohalarida bilimlarga (diplom yoki sertifikatga) ega bo‘lishi kerak.


So‘rovnoma to‘ldirilib, 7 ish kunida o‘rganib chiqiladi.


Xizmatdan foydalanishda to‘lov undirilmaydi.


Ekspertlarni akkreditasiya qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan amalga oshiriladi. 


Ariza beruvchini akkreditasiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingach, talabgor 1 kun ichida akkreditatsiyadan o‘tkaziladi.


Akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tgan ekspertlarga guvohnoma beriladi. Guvohnomaning amal qilish muddati — 5 yil.

Увеличить на0%