AOKAda IBBY O‘zbekiston Milliy shoʻbasining yig‘ilishi o‘tkazildi

21.06.2022, 17:17

Bugun AOKAda Bolalar va o‘smirlar adabiyoti Xalqaro Kengashi O‘zbekiston Respublikasining Milliy shoʻbasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Agentlik direktori o‘rinbosari Gʻ.Bozorov va mutasaddilari, Madaniyat vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamda Respublika bolalar kutubxonasi vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuv doirasida Milliy shoʻba to‘g‘risidagi Nizom loyihasi, joriy yil 5-8-sentabr kunlari Malayziyada bo‘lib o‘tadigan IBBY 38-Bosh Assambleyasida Milliy shoʻba ishtiroki, 2024-yilda bo‘lib o‘tadigan IBBY Xans Xristian mukofotiga hakamlar hay’ati a’zosini tanlash, shuningdek, 2024-yilda Xalqaro bolalar kitobi kuniga homiylik uchun ariza berish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Yig‘ilish yakunida Milliy shoʻba yig‘ilishining asosiy qarorlari va IBBY bilan o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha bayonnoma tuzildi.


Увеличить на0%