AOKAda Buyuk Britaniya kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

22.06.2022, 19:00

Bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Buyuk Britaniyaning axborot texnologiyalari sohasidagi yirik kompaniyalaridan biri — «Bikal» kompaniyasi Kuzatuv kengashi a’zosi, «SC Strategy Limited» kompaniyasi direktori, Britaniya parlamenta Lordlar palatasi a’zosi A.Karlayl hamda Agentlik direktori o‘rinbosari Ulug‘bek Azamov ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Muloqot davomida ikki davlat o‘rtasida axborot sohasidagi hamkorlikni kuchaytirish masalalari hamda O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar va so‘nggi yillardagi ijobiy o‘zgarishlarni хorijiy auditoriyaga yetkazish masalalari muhokama etildi.

A.Karlayl xorijda, xususan, Buyuk Britaniyada O‘zbekistonga nisbatan qiziqish yuqori ekanini qayd etdi. Britaniyaliklar biznes, iqtisodiyot, turizm va madaniyat sohalariga oid yangiliklarni muntazam kuzatib borayotgani ta’kidlab bu boradagi ishlar ko‘lamini kengaytirishda ko‘maklashishga tayyor ekanini bildirdi.

O‘z navbatida, U.Azamov ham Agentlik ushbu yo‘nalishdagi hamkorlikdan manfaatdor ekani, taklif etilayotgan loyihalar qo‘llab-quvvatlanishini ta’kidladi.

Uchrashuv yakunida o‘zaro ishonch va hurmatga asoslangan ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi.


Увеличить на0%