AOKAda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2022-yilning 1-yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar

07.07.2022, 18:00

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi markaziy apparati, tizim tashkilotlari, hududiy boshqarmalarida korrupsiyaga qarshi kurashish, uning oldini olish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, mazkur ishlar doirasida joriy yilning olti oyi davomida Korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlar dasturi to‘liq bajarildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021
-yil 6-iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6257-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2021-yil 8-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni ijrosini ta’minlash to‘g‘risida”gi 161-son buyrug‘i imzolangan.


Shuningdek
, ushbu Farmon bilan tasdiqlangan “Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2021-2022-yillarga mo‘ljallangan Davlat dasturi”da Agentlikka yuklatilgan vazifalar ijrosi yuzasidan Chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan va ijroga qaratilgan.


Dasturning 37-bandiga asosan har yili “9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” doirasida keng ko‘lamli Antikorrupsiya haftaligini o‘tkazish maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda Media-reja ishlab chiqilib, tadbirni keng jamoatchilikka etkazish bo‘yicha ishlar samarali amalga oshirilmoqda, shuningdek, antikorrupsiya haftaligi doirasida tashkil etilgan tadbirlarda Agentlik vakillarining faol ishtiroki ta’minlanmoqda
.


O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda “Davlat dasturining 41-, 42-bandida belgilangan “OAV va ijtimoiy tarmoqlarda turli formatlardagi eshittirish, ko‘rsatuv, maqolalar va boshqa axborot materiallarini elon qilish hamda tele va radiokanallarda turli formatlardagi ijtimoiy roliklar va eshittirishlarni tayyorlash va namoyish etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi” ishlab chiqildi va hamkorlikda amalga oshirib kelinmoqda.


Ushbu dasturning 44-bandiga asosan “O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan korrupsiyaga oid xabarlarni ko‘rib chiqish va jamoatchilikka ma’lumot berish tartibi to‘g‘risida”gi Reglament O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda ishlab chiqildi
.


Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining 2022-yil 16-fevraldagi tegishli topshirig‘iga asosan mamlakatda korrupsiya darajasini baholash reytingi natijalarini shakllantirish maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga hududlar va sohalar kesimida tahliliy ma’lumotlar taqdim etib borilmoqda.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmon va Qarorlarida belgilangan vazifalar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashi topshiriqlari ijrosi yuzasidan Agentlikda tizimli ishlar olib borilmoqda.


Jumladan,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-81-son Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Agentlikning 2022-yil 20-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori ijrosini taminlash to‘g‘risida”gi 13-son buyrug‘i tasdiqlandi. Ushbu buyruq ilovasi bilan Agentlikda korrupsiyaga qarshi kurashish choralari (tadbirlari)ni, mas’ul xodimlarni, amalga oshirish mexanizmi va muddatlarini oz ichiga belgilab olgan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Korrupsiyaga qarshi kurashish boyicha dasturi” tasdiqlandi va ijroga qaratildi.


Dasturga ko‘ra, Agentlikda korrupsiya holatlarini barvaqt aniqlash va oldini olish, ularning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish,
Agentlikning 2021-yil 4-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha asosiy ichki idoraviy hujjatlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi 255-son buyrugi bilan tartibga solib kelinmoqda.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi
“Davlat boshqaruv sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-240-son Qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Agentlikning 2022-yil 18-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori ijrosini taminlash to‘g‘risida” 102-son buyrug‘i tasdiqlandi.


Unda Agentlik va uning tarkibiy tuzilmalarida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni majburiy aniqlash va baholashni yo‘lga qo‘yish hamda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish, inson omilini qisqartirish va tegishli tartib-taomillar va funksiyalarni raqamlashtirish, shaffoflikni ta’minlash, jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish orqali bartaraf etish belgilangan. Shuningdek, Agentlik va uning tarkibiy tuzilmalarida kadrlar bilan ishlash yo‘nalishidagi byurokratik to‘siqlarni, korrupsiyaviy xavf-xatarlar va inson omilini qisqartirishga qaratilgan avtomatlashtirilgan tizimni  joriy etish ko‘zda tutilgan.


Agentlikning
“Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash Uslubiyati” asosida Agentlik va uning tarkibiy tuzilmalari faoliyatini kompleks tahlil qilish orqali korrupsiyaviy xavf-xatarlarning birlashgan xaritasi, korrupsiya xavf-xatariga eng kop duch keladigan soha, lavozim va ularning funksiyalari royxati hamda ushbu korrupsiyaviy xavf-xatarlarni minimallashtirish boyicha dastur ishlab chiqildi va ijroga qaratildi (Agentlikning 2022-yil 14-yanvardagi 22-190-son xat bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga yuborilgan).


Shuningdek, Agentlik va uning tarkibiy tuzilmalarida Korrupsiya xavf-xatariga ehtimoliy eng ko‘p moyil bo‘lgan lavozimlar ro‘yxati shakllantirildi. Ushbu ro‘yxatga, Agentlikning markaziy apparatida: Buxgalteriya hisobi bo‘limi, Reja-moliya bo‘limi, Ma’muriy xo‘jalik bo‘limi, AKTni rivojlantirish bo‘limi, Axborot xizmatlari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish boshqarmasi, Kadrlar bo‘limi kiritilgan. Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha markazda: Veb-saytlar monitoringi bo‘limi, Teleradioeshittirishlarni monitoringi bo‘limi, Matbaa va kitob mahsulotlari monitoringi bo‘limi, Davlat idoralari va tashkilotlari bilan hamkorlik qilish bo‘limi, Texnik va texnologik rivojlantirish va ta’minot bo‘limi, Buxgalteriya hisobi va iqtisodiyot bo‘limi, Xo‘jalik xizmat ko‘rsatish bo‘limi, Kadrlar bo‘limi kiritilgan. A.Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasida: Iqtisodiy tahlil va buxgalteriya hisobi xizmati, Xo‘jalik xizmati, Nashriyot matbaa xizmati kiritilgan. “Ma’muriy binolardan foydalanish boshqarmasi” davlat muassasasida: muassasa direktori, direktor o‘rinbosari, bosh hisobchi, hisobchi kassir, xodimlar bo‘yicha inspektor, moliya ishlari bo‘yicha kichchik mutaxassislar kiritilgan.


Axborot
xizmati rahbarlarining ish samaradorligini baholash yuzasidan murojaat kelib tushganligi va baholash jarayonida korrupsiyaviy xavf-xatarlarning mavjudligi sababli, Agentlikning 2019-yil 26-avgustdagi 324-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3187, 2019-yil 3-oktyabr) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2019-y., 10/19/3187/3846-son) bilan tasdiqlangan Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmati rahbarini lavozimga tayinlashni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari bilan kelishish, ularni attestatsiyadan o‘tkazish hamda ish samaradorligini baholash tartibi to‘g‘risidagi Nizomda korrupsiyaviy xavf-xatarni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etish zarurati paydo bo‘ldi. Ushbu xavf-xatarni boshqarish maqsadida yuqorida ta’kidlab o‘tilgan Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni ko‘zda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasi Adliya vazirligiga kiritildi.


Agentlikda manfaatlar to‘qnashuvini
aniqlash, uning oldini olish va tartibga solishning tashkiliy-huquqiy asoslari “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Аxborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi va uning tarkibiy tuzilmalari xodimlarida manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish bo‘yicha Nizomida belgilab qoyilgan.


Unga ko
ra, Agentlik va uning tarkibiy tuzilmalari xodimlari har yili (15-fevralga qadar manfaatlar to‘qnashuvining mavjud/mavjud emasligi haqidagi arizani to‘liq va to‘g‘ri to‘ldirib Kadrlar bo‘limiga taqdim etadi. Kadrlar bo‘limi arizalarni 10-martga qadar ko‘rib chiqib Agentlik rahbariyatiga xulosa beradi) yoki paydo bolishi bilan (shu jumladan ishga yangi qabul qilinganda) manfaatlar to‘qnashuvi yuzasidan deklaratsiya to‘ldirib kelishmoqda. Мanfaatlar to‘qnashuvi holatlari aniqlangan taqdirda, Odob-ahloq komissiyasida uni bartaraf etish yuzasidan choralar ko‘rish yolga qoyilgan.


Xususan, Agentlik markaziy apparati va hududiy boshqarmalarida – 194 nafar xodimdan 190 nafari, Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha markazda – 272 nafar xodimdan 265 nafari, A.Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasida – 4431 nafar xodimdan 4392 nafari, “Ma’muriy binolardan foydalanish boshqarmasi” davlat muassasasida – 40 nafar xodimdan 39 nafari deklaratsiyalash jarayonidan o‘tkazilgan. Deklaratsiyalash jarayonida aniqlangan 4 ta holat (yaqin qarindoshlarning biri ikkinchisiga bo‘ysinib yoki nazorati ostida ishlashi) bo‘yicha ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi tartibga solindi.


Shuningdek, manfaatlar to‘qnashuvi yuzasidan deklaratsiya to‘ldirish birinchi marotaba amalga oshirilayotganligi sababli, ayrim tarkibiy bo‘linmalarda ushbu jarayonga yuzaki qarash, ma’lumotlarni noxolis kiritish holatlari kuzatildi.


Korrupsiyaga qarshi qoidalarni Agentlik shartnomalariga kiritish yo‘nalishida ham samarali ishlar olib borilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-sentyabrdagi “Shartnomaviy munosabatlarni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6313-son Farmoni (3-bandi, “v”-kichik bandi) ijrosini ta’minlash maqsadida 2022-yil 1-yanvardan boshlab Agentlikning xarid jarayonlari doirasida shartnomaviy munosabatlarga kirishishni rejalashtirayotgan har qanday yuridik yoki jismoniy shaxslar bilan tuzilayotgan shartnomalarda majburiy ravishda korrupsiyaga qarshi qo‘shimcha shartlar belgilanmoqda.


Bundan tashqari,
Agentlikning 2022-yil 31-martdagi “Mehnat shartnomasi va arizalarni namunaviy shakllarini tasdiqlash hamda muhr va shtamplardan foydalanishni yanada takomillashtirish togrisida 64-son buyrug‘i bilan Аgentlik va uning tarkibiy tuzilmalari xodimlari bilan tuziladigan mehnat shartnomasining namunaviy shakli tasdiqlangan. Shartnomada xodimlarga korrupsiyaga qarshi qo‘shimcha majburiyatlar ko‘rsatib o‘tilgan.


Agentlikda kontragentlarni tekshirish yo‘nalishida tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Bu jarayon
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi va uning tarkibiy tuzilmalarida kontragentlarni tekshirishga oid Yo‘riqnoma” talablari asosida amalga oshirilmoqda. Agentlikning 2022-yil 20-yanvardagi 13-son buyrug‘i asosida kontragentlarni tekshirish vazifasi Agentlikning Ichki audit xizmatiga topshirilgan.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022
-yil 15-apreldagi “Byudjetlararo munosabatlarni va soliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-208-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Agentlikning 2022-yil 7-maydagi 98-son buyrug‘i tasdiqlangan. Unga ko‘ra, byudjetdan asosiy vositalarni xarid qilish hamda bino va inshootlarni tamirlash bilan bog‘liq xarajatlar joriy yil yakuniga qadar to‘xtatilgan va ushbu maqsadlar uchun joriy yilda rejalashtirilgan mablag‘lar qisqartirilgan hamda 2023-yilga o‘tkazish choralari ko‘rilgan.


Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
da mavjud vakant lavozimlarga nomzodlarni tekshirish ochiq, shaffof va qonuniylik tamoyili asosida tashkil etilgan. Xususan, Agentlik direktorining 2021-yil 8-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori ijrosini ta’minlash to‘g‘risida”gi 160-son buyrug‘i imzolangan bolib, mazkur buyruq bilan Agentlik nomenklaturasiga kiruvchi bo‘sh ish o‘rinlariga ishga qabul qilishni ochiq tanlov asosida amalga oshirish hamda tanlov doirasida o‘tkaziladigan sinov tadbirlarini Internet tarmog‘i orqali real vaqt rejimida kuzatishni nazarda tutuvchi tartib joriy etilgan.


Shu
asosda, Agentlik direktorining 2021-yil 7-sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi markaziy apparati hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarida xodimlarni vakant lavozimlarga ishga qabul qilish, xodimlarni boshqa lavozimlarga o‘tkazishda tanlov asosida saralab olish Tartibini amalga kiritish haqida”gi 213-son buyrug‘i tasdiqlandi va amalga kiritildi.


Shuningdek, Agentlikdagi vakant lavozimlarga nomzodlar orasidan yetarli bilim va tajribaga ega, halol, puxta, xolis kadrlarni tanlov asosida saralab olish va ular bilan mehnat munosabatlarini rasmiylashtirish maqsadida, nomzodlarga nisbatan “I
shga qabul qilinayotgan nomzodlarni tekshirish boyicha Yoriqnoma” talablari asosida tekshiruv amalga oshirilmoqda. Agentlik rasmiy veb-saytida ishga qabul qilish, rotatsiya to‘g‘risidagi elonlar va axborotlar doimiy ravishda berib borilmoqda.


O‘tgan hisobot davri mobaynida Agentlik nomenklaturasiga kiruvchi 6 nafar nomzodni ishga qabul qilishdan oldin, ularga nisbatan Yo‘riqnoma talablari asosida tegishli tekshiruv o‘tkazildi.


Agentlikda korrupsiya holatlarini barvaqt aniqlash va oldini olish, ularning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, xodimlarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish А
gentlikning “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi va uning tarkibiy tuzilmalari xodimlarining etika va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida o‘qitilishini tashkil qilish bo‘yicha Yo‘riqnoma”si talablari asosida amalga oshirilmoqda.


Agentlikning barcha xodimlari uchun korrupsiyaga qarshi umumiy o‘qitish dasturi ishlab chiqilgan. Ushbu dastur 29.12.2021-yilda Agentlik direktori tomonidan tasdiqlangan bo
lib, dastur ijrosi ta’minlab kelinmoqda. Agentlik xodimlarini o‘qitish ishlari mavzu yuzasidan qisqa ma’lumotlar yoki test savollari shaklida Agentlikning telegram kanalida vaqti-vaqti bilan berib borilmoqda, shuningdek, ayrim mavzular bo‘yicha trening va boshqa ko‘rinishdagi nazariy, amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.


Shuningdek
, xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish borasida malaka va bilimlarini oshirish maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va boshqa mutasaddi idoralardan masul xodimlarni taklif qilgan holda mavzuga oid 2 ta seminar o‘tkazildi.


O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan
joriy yil 28-29-mart kunlari “Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baxolash tizimini joriy etish” va 30-31-may kunlari “Korrupsiyaga qarshi kurashishda ustuvor vazifalarni belgilash, mamlakatda korrupsiyaning oldini olishning zamonaviy vositalarini joriy etish” mavzularidagi seminar-treningda Agentlikning korrupsiyaga qarshi ichki (komplaens) nazorat tuzilmasi xodimlari ishtirok etib, tegishli sertifikatga ega bo‘lishdi.


Agentlikda korrupsiyaga qarshi kurashishga mas’ul bo‘lgan 18 nafar xodim 2022
-yil 20-30-iyun kunlari “halollik vaksinasi” tamoyili asosida korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar to‘qnashuvi va odob-axloq qoidalari bo‘yicha Bosh prokuratura Akademiyasida tashkil etilgan onlayn maxsus o‘quv kursida qatnashdi.


Bundan tashqari,
korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish borasidagi ishlarni jamoatchilikka yetkazib borish hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining ommaviy axborot vositalari bilan samarali hamkorligini yo‘lga qo‘yish borasidagi takliflar Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan birgalikda ishlab chiqilib, tasdiqlangan reja asosida yoritish tadbirlari amalga oshirilmoqda. Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquq-tartibot organlari tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga doir materiallar hamda ushbu mavzulardagi brifinglar va matbuot anjumanlari OAV va Agentlik rasmiy veb-saytlari, telegram kanallarida muntazam yoritib borilmoqda.


Agentlikning 2021
-yil 7-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining davlat xizmatlarini ko‘rsatishda idoraviy aloqa markazini “Call center” tashkil etish tartibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 110-son buyrug‘i asosida 1213 qisqa raqamli “call center” va (71) 244 23 34 raqamli “ishonch telefoni” tashkil etilgan bo‘lib, aloqa kanallari orqali kelib tushgan xabarlar “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi va uning tarkibiy tuzilmalariga aloqa kanallari orqali korrupsiyaviy xatti-harakatlar to‘g‘risida kelib tushgan xabarlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish Reglamenti” talablari asosida ko‘rib chiqilmoqda.


Hisobot davrida aloqa kanallari orqali xodimlarning korrupsiyaviy xatti-xarakatlari, manfaatlar to‘qnashuvi, korrupsiyaga qarshi boshqa qonunbuzarliklar bilan bog‘liq
3 ta (Farg‘ona viloyati AOKB kotibasi to‘g‘risida, Farg‘ona viloyati AOKB boshlig‘i to‘g‘risida, A.Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani AKM direktori to‘g‘risida) murojaat kelib tushgan. Kelib tushgan murojaatlarning 3 tasi manfaatlar to‘qnashuvi va tartib-taomil buzilishiga aloqador hisoblanadi. Aloqa kanallari kesimida olib qaralganda, murojaatlarning 2 tasi ishonch telefoni orqali, 1 tasi ijtimoiy tarmoqlar orqali kelib tushgan.


Agentlik va tizim tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha belgilangan tartib-taomillar va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qabul qilingan ichki normativ hujjatlar bajarilishi
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi va uning tarkibiy tuzilmalarida Korrupsiyaga qarshi tartib-taomillarning samaradorligini monitoring va nazorat qilish Uslubiyoti” talablari asosida amalga oshirilmoqda.


Xususan, Agentlik va uning tizim tashkilotlaridagi
korrupsiyaga qarshi talablar va tamoyillarga rioya qilinishi yuzasidan tegishli o‘rganishlar o‘tkazish joriy yilning fevral oyida chek-list to‘ldirish orqali, may va iyun oylarida esa joylarga chiqqan holda amalga oshirildi.


Aniqlangan qoidabuzarliklar va qo‘llanilgan ta’sir choralari xususida. Joriy yil yanvar oyida Farg‘ona viloyati AOKB kotibasi to‘g‘risida yo‘llangan murojaat o‘rganib chiqildi. Unga ko‘ra, kotiba kasbiy odob-axloq qoidalariga rioya qilmay, o‘zining shaxsiy manfaatini ko‘zlab (moddiy imtiyozga ega bo‘lish maqsadida) xizmat vazifasini suiste’mol qilganligi aniqlandi. Shu munosabat bilan kotibaga Farg‘ona AOKBning 2022-yil 8-yanvardagi K-1-son buyrug‘i bilan “Hayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan.


Shuningdek, 2022-yil mart oyida A.Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani AKM rahbari to‘g‘risidagi murojaat o‘rganib chiqildi. O‘rganish natijasida, AKM rahbarining o‘z mansab vakolatini suiste’mol qilgan holda, ishga qabul qilinayotgan nomzodlar va ishlayotgan xodimlardan moddiy mablag‘ ta’magirlik qilayotganligi hamda yaqin qarindoshini (opasi) o‘zining to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘ysinuviga (rahbar o‘rinbosari lavozimiga) ishga olganligi aniqlandi. O‘rganish natijasiga ko‘ra, AKM rahbari egallab turgan lavozimidan ozod etilib, to‘plangan materiallar belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun Surxondaryo viloyat prokuraturasiga yuborildi.


Aniqlangan qoidabuzarliklar tahliliga ko‘ra,
хodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashishga oid ichki tartib-taomillardan to‘liq xabardor emasligi sababli, ushbu sohada ularning bilim va ko‘nikmalarini oshirish borish maqsadida xodimlar muntazam ravishda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki idoraviy hujjatlar bilan tanishtirib borilmoqda.


Agentlik tomonidan jamiyatda korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, xodimlarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faol dunyoqarash va mustahkam fuqarolik nuqtai nazarini yuksaltiradigan chora-tadbirlar, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatining maqsadi, vazifalari va natijalari haqida tezkor, xolis va to‘liq axborot yetkazish yuzasidan keng qamrovli ishlar davom ettirilmoqda.

Увеличить на0%