AOKAda fuqarolar murojaati va qo‘ng‘iroqlari bilan ishlash samaradorligi oshmoqda
03.08.2022, 19:10
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi ommaviy axborot vositalari, nashriyot-matbaa, axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirish, davlat organlarining matbuotga ochiqligi, shuningdek, jurnalistlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda aholi va tadbirkorlik sub’yektlariga ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari to‘g‘risida ma’lumot olish bilan bog‘liq masalalarning hal etilishi bo‘yicha murojaatlarni ko‘rib chiqib, o‘z vaqtida munosabat bildirib kelmoqda.
2022-yilning 1-yarim yilligida Agentlikka O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi, 1213-qisqa raqami, rasmiy veb-sayti, elektron pochta va bevosita yozma ravishda 2783 dan ortiq murojaat kelib tushgan.
Ushbu murojaatlar mazmuniga e’tibor qaratsak, telekanallarda uzatilayotgan ko‘rsatuvlar, seriallar hamda reklamadan norozilik, murojaatini OAVda yoritib berish yuzasidan – 329 ta, kutubxona ochish, kutubxonaga a’zo bo‘lish va kutubxona faoliyati bo‘yicha – 17 ta, blogerlik faoliyatiga oid murojaatlar – 70 ta, litsenziya olish – 8 ta, kitoblarni nashrga tayyorlash va chop etish bo‘yicha – 27 ta, matbuot xizmatlari faoliyatiga taaluqli murojaatlar esa 21 tani tashkil etgan. Mazkur murojaatlarning deyarli barchasi AOKA vakolatlari doirasida ijobiy hal etilgan.
Qayd etish kerakki, murojaatlar orasida Agentlik vakolatiga kirmaydigan masalalar ham ko‘plab uchraydi.
Xususan, uy-joy, ishga joylashish, pensiya, tadbirkorlik bilan bog‘liq va boshqa turdagi masala-muammolar bo‘yicha kelib tushgan 1336 dan ziyod murojaat yuzasidan fuqarolarga agentlik vakolati doirasida huquqiy tushuntirishlar berildi.
Bundan tashqari, so‘nggi uch oy mobaynida Agentlik Sall-markazi orqali 975 dan ortiq qo‘ng‘iroq bo‘lgan.
“O‘zbektelekom” AK ma’lumotlariga ko‘ra, murojaatchilarning 55 foizi Agentlik "Ishonch telefoni" faoliyatini a’lo, 10 foizi esa yaxshi deya baholagan.
Agentlik har bir qo‘ng‘iroq va murojaatga alohida e’tibor bilan yondashishda davom etadi va unda ko‘rsatilgan masalalarni o‘z vakolati doirasida qonuniy hal etish choralarini ko‘rib boradi.
Вид сайта
Размер шрифта
Увеличить на0%