AOKAda O‘zbekiston mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi

31.08.2022, 15:00

Bugun AOKAda Agentlik direktori va o‘rinbosarlari, xodimlar, tizim tashkilotlar vakillari, shuningdek, hududiy boshqarmalar rahbarlarining onlayn formatda ishtirokida O‘zbekiston respublikasi mustaqilligining 31 yilligiga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.


Tadbir avvalida, Agentlik direktori A.Xodjayev barcha xodimlarni, shu jumladan, hududiy boshqarma rahbariyati va ishchilarini eng ulug‘ va eng aziz bayram – mustaqillik ayyomi bilan qutlab, samimiy tilaklarini bildirdi.


– "O‘zbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki yillarda istiqlol poydevorini qurish, aholiga og‘irlik solmasdan bu yo‘lda jadal olg‘a qadam tashlash harakatlari olib borilgan bo‘lsa, so‘nggi yillarda tamal toshi qo‘yilgan, mustahkam mustaqilligimiz asosida xalqning, yurtning farovonligini ta’minlash, inson manfaatlarini oliy darajaga ko‘tarish bosh mezonimiz bo‘lmoqda. Bugun O‘zbekistonga, uning taraqqiyot strategiyalariga, iqtisodiy-ijtimoiy, umuman har jabhada olib borilayotgan siyosatiga jahon hamjamiyati, dunyo mamlakatlari katta qiziqish bildirishmoqda. Yurtimizga investorlar, turistlar oqimi tobora oshib bormoqda. Bularga davlatimiz rahbarining qat’iy siyosiy pozitsiyalari, shuningdek, barcha o‘zbekistonliklarning hamjihatlikda, birdamlikda olib borilayotgan sa’y-harakatlari tufayli erishilmoqda", dedi A.Xodjayev o‘z nutqi davomida.


Shuningdek, tadbirda, hududiy boshqarmalar rahbarlari ham o‘zlarining bayram tilaklarini bildirishdi.

Увеличить на0%