IBBY Bosh assambleyasining Xans Xristian Andersen Oltin medalini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi

07.09.2022, 15:00

Joriy yil 5-8 sentyabr kunlari Malayziyada IBBY 38 Xalqaro kongressi bo‘lib o‘tayotgani va unda IBBYning O‘zbekiston milliy shoʻbasi vakillari ishtirok etayotgani ma’lum qilingan edi.

Ushbu nufuzi tadbir doirasida IBBY Bosh assambleyasining Xans Xristian Andersen Oltin medali joriy yilgi laureatlarga  tantanali ravishda topshirildi.

 2022 yil uchun Fransiyadan Mari-Od Myuray (Marie-Aude Murail)  "Muallif" nominasiyasi va Koreya Respublikasidan Syuzi Li (Suzy Lee)  "Illyustrator" nominasiyasi bo‘yicha mukofot g‘oliblari deb topildi.


Shuningdek, kongress doirasida IBBY 2022 faxriy ro‘yxatidan o‘rin olgan 53 ta mamlakat yozuvchi va illyustratorlarining 47 ta tildagi 163 ta  asari, "Maktub" yo‘nalishidagi 63 ta kitob, "Illyustrasiya" turkumidagi 52 ta risola,"Tarjima" nominasiyasidagi 48 ta asar taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.   


2022 yil uchun faxriy ro‘yxat katalogi bilan quyidagi saytda tanishishingiz mumkin: https://www.ibby.org/awards-activities/awards/ibby-honour-list. 


O‘zbekiston milliy shoʻbasining IBBYda ishtiroki muhim ahamiyatga ega bo‘lib, jahon bolalar yozuvchilari, illyustratorlari  bilan yangi hamkorlik qirralarini ochish, shuningdek,  muallif-nashriyot-kutubxona-o‘quvchining o‘zaro birgalikdagi mexanizmini amalga oshirish imkonini beradi.

Увеличить на0%