Ommaviy axborot vositalari faoliyatini tashkil etish, ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga talabgor bo‘lgan shaxslar diqqatiga!

07.09.2022, 20:00

O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalari faoliyatini tashkil etish uchun lisenziya berish nazarda tutilmagan.

Ommaviy axborot vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun ta’sischilarga Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 22 fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan “Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi yagona nizom”ga asosan license.gov.uz portali yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat qilish imkoniyati yaratilgan. 

Yuqoridagi nizomga asosan ariza va unga ilova qilinadigan tahririyat nizomini ko‘rib chiqish muddati 10 kunni tashkil etadi.

Barcha arizalar Adliya vazirligi tomonidan onlayn shaklda nazorat qilinadi va avtomatik tizim orqali ko‘rib chiqiladi. 

Ommaviy axborot vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha arizalar asossiz rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Увеличить на0%