O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasiga o‘zbek bolalar adabiyoti to‘plami topshirildi

21.09.2022, 15:00

IBBY Bosh assambleyasining 38-xalqaro kongressi yakuniy ish kuni doirasida mamlakatimiz milliy shoʻbasi vakillari O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi favqulodda va muxtor elchisi R.Usmanov va IBBY ijrochi direktori Karolina Ballster bilan uchrashdi.

Uchrashuvda IBBYning O‘zbekistondagi Milliy shoʻbasi ish faoliyati haqida ma’lumot berildi, shuningdek, malayziyalik yozuvchi, noshir, kutubxonachilar bilan hamkorlik qilish imkoniyatlari muhokama qilindi. Joriy yilda bo‘lib o‘tadigan  «Tashkent Book Fest-2022» III Toshkent xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasiga taklifnomalar taqdim etildi.



Uchrashuv so‘ngida «Tashkent Book Fest-2022» ko‘rgazmasi doirasida O‘zbekiston milliy kutubxonasi va Malayziya milliy kutubxonasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum ishlab chiqish hamda ushbu ko‘rgazmada Malayziyaning yetakchi nashriyotlarning ishtirokini tashkil etish bo‘yicha kelishildi.

So‘nggi ikki yil davomida IBBY muokofotlari, loyihalari, dastur va moliyaviy hisobotlar ko‘rib chiqilgandan so‘ng 2022-2024 yillar uchun IBBY Ijrochi qo‘mitasini saylash bo‘lib o‘tdi.

 2024 yil 30 avgusdan 1 sentyabrga qadar Italiyaning Triyest shahrida "Inqilobga qo‘shiling! Har bir bolaga yaxshi kitob bering" shiori ostida IBBY 39- Bosh assambleyasini o‘tkazish taqdimoti bo‘lib o‘tadi.


Увеличить на0%