AOKA vakant lavozimlarga ochiq tanlov e’lon qiladi. Hujjatlar 9-oktabrgacha qabul qilinadi

05.10.2022, 15:40

Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan hamkorlikda Agentlik markaziy apparatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e’lon qiladi:

▪️ Axborot sohasini rivojlantirish bo‘limi:

➖ Bosh mutaxassisi;

➖ Yetakchi mutaxassisi.

Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali orqali ro‘yxatdan o‘tishlari, vakant bo‘lgan lavozimga so‘ralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari zarur.

Hujjatlar 2022-yil 9-oktabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

▪️ Hujjatlarni elektron yuborish tartibi bo‘yicha videoqo‘llanma

▪️ Yagona identifikasiya tizimi — id.egov.uz'dan ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma

Увеличить на0%