"Wikipedia"da O‘zbekiston haqidagi ma’lumotlar salmog‘ini oshirish bo‘yicha matbuot kotiblari uchun trening o‘tkazildi

22.11.2022, 16:00
Bugun AOKAda "Wikipedia" internet-ensiklopediyasida O‘zbekiston haqidagi ma’lumotlar soni va sifatini oshirishga qaratilgan trening tashkil etildi. Unda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Ulug‘bek A’zamov, Agentlik PR-markazi yetakchi mutaxassisi Kanat Abdikarimov, shuningdek, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik idora, muassasa hamda boshqa davlat tashkilotlarining 70 dan ortiq axborot xizmatlari rahbarlari qatnashdi.

Ochiq muloqot ruhida o‘tgan tadbir avvalida "Wikipedia" platformasida erkin ma’lumotlar joylashtirish imkonini beradigan "Creative Commons" litsenziyasi va uning ahamiyati bo‘yicha keng ma’lumot berildi.


"Wikipedia"da O‘zbekiston haqidagi maqolalar ko‘payishi, o‘zbekcha namunadagi axborot boyitilishi muhim ekani, bu borada axborot xizmatlarining virtual makondagi ishtirokini faollashtirish yaxshi natija berishi qayd etildi.


AOKA xodimi Kanat Abdikarimov hamda loyiha koordinatorlari Mehrinoz Abbosova, Jamshid Nurqulov, Umarjon Rahimov, Laziz Baxtiyorov, Asliddin Yunusov, Muhammadxon Yusupov trening ishtirokchilariga internet-ensiklopediyaga ma’lumot joylashtirish bo‘yicha batafsil tushunchalar berishdi. Qatnashchilar taklif va mulohazalar bildirib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.









Увеличить на0%