AOKA vakant lavozimlarga ochiq tanlov e’lon qiladi. Hujjatlar 1-dekabrga qadar qabul qilinadi

24.11.2022, 11:00

Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan hamkorlikda Agentlik markaziy apparatidagi quyidagi vakant lavozimga ochiq mustaqil tanlov e’lon qiladi:

Axborot sohasi rivojlanishini monitoring qilish bo‘limi:

Yetakchi mutaxassisi.

Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali orqali ro‘yxatdan o‘tishlari, vakant bo‘lgan lavozimga so‘ralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari zarur.

Hujjatlar 01.12.2022-yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Увеличить на0%