AOKAda xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish bo‘yicha seminar o‘tkazildi

29.12.2022, 17:30

2022-yilning 14-aprelida Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha Respublika kengashining 8-sonli majlis bayoni bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasiga ko‘ra, har bir davlat tashkilotida 2022-yilning avgustidan boshlab bir oyda bir marta "Huquqiy bilimlarni oshirish kuni" tashkil etilishi ko‘zda tutilgan. Ushbu majlis bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida 2022-yil 27-iyulda Agentlikning 154-son buyrug‘i qabul qilingan. Buyruqqa muvofiq har oyning oxirgi payshanba kuni AOKAda Huquqiy bilimlarni oshirish kuni sifatida belgilangan.

Shu maqsadda bugun, 29-dekabr kuni Agentlikda markaziy apparat, tizim tashkilotlari, hududiy boshqarmalar xodimlari ishtirokida seminar-trening tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 13-martdagi "Davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 134-son qarori, Davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi darajasini oshirish va baholash tartibi to‘g‘risida Nizom hamda "Davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi bo‘yicha qo‘yiladigan minimal talablar" xususida ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksidagi tegishli normalar, xususan, xodimlar va ish beruvchining asosiy huquq hamda majburiyatlari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.


Увеличить на0%