OAVda ijtimoiy masalalar yoritilishi borasida

17.02.2023, 17:00
Global internet tarmog‘i nafaqat yangiliklar, axborotlarni taqdim etish, shu bilan birga inson xulq-atvoriga, yashash tarziga, fe’l-atvoriga muayyan ma’noda ta’sir ko‘rsatadi.

O‘z o‘rnida qayd etish lozimki, mamlakatimizda Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida va boshqa amaldagi qonunchiliklarda axborot uzatish, taqdim etish va tarqatish tartib-qoidalari batafsil ko‘rsatib berilgan. Unda OAV yoki veb-sayt egasi, jumladan blogerlar ham o‘z kontenti orqali ijtimoiy ongga ruhiy ta’sir ko‘rsatishga, chalg‘itishga yo‘l qo‘yilmasligi aniq belgilangan.


Ijtimoiy tarmoqlarda jamoatchilik tomonidan yoshlar o‘rtasida uchrayotgan suisid holatlari tafsilotlarini yoritish uni targ‘ib qilish bilan barobar mazmunida e’tirozlar uchramoqda. 


E’tirozlarda turli ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar, nodavlat telekanallar orqali yuz bergan ko‘ngilsizlikni qanday amalga oshirilganini ko‘rsatib berish natijasida hayotda qat’iy pozisiyasiga ega bo‘lmagan ba’zi yoshlarga salbiy ta’sir ko‘rsatib, ularni bu xatolikni qilishga undash mumkinligi aytilgan.


Aksincha, ommaviy axborot vositalari, Internet tarmog‘i imkoniyatlaridan ijobiy foydalangan holda yoshlarga bunday harakatlar noto‘g‘ri ekanligi, hayotni qadriga yetish, kuchli irodaga ega bo‘lish, qat’iy maqsadlar bilan hayotini yaxshi tomonga o‘zgartirish mumkinligini targ‘ib qilish muhimligi ta’kidlangan.


Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi OAV, blogerlar voqelikni yoritishda turli yoshdagi va ruhiy holatdagi auditoriyani hisobga olgan holda yondoshishga, maqsad faqatgina obunachilar yoki tomoshabinlar sonini oshirish emas, balki ularning har tomonlama dunyoqarashini kengaytirishga qaratilishiga chaqiradi!

Увеличить на0%