O‘zbekistonda gender tenglikka erishish strategiyasining maqsadli ko‘rsatkichlari bo‘yicha hamkorlik uchrashuvi o‘tkazildi

02.03.2023, 15:00

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda qator idora va tashkilotlarning gender masalalari bo‘yicha mas’ul mutaxassislari ishtirokida hamkorlik uchrashuvi o‘tkazildi.

Uchrashuvda gender.stat.uz veb-sayti, unda yoritilayotgan kontent va ularning mazmun-mohiyati, shuningdek, ularni amaliyotga tatbiq etish masalalari atroflicha muhokama qilindi. 

Bundan tashqari, tadbirda O‘zbekistonda gender tenglikni ta’minlash, xotin-qizlar, shu jumladan, erkaklar uchun har jabhada teng huquq va imkoniyatlarni yaratish, xotin-qizlarning ijtimoiy-huquqiy muhofazasi borasidagi keng ko‘lamli islohotlar hamda gender statistikani yuritish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida fikr almashildi. 

Agentlik mas’ul xodimi S.Aslanova Oliy Majlisi Senatining «2030 yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasining maqsadli ko‘rsatkichlari»ni shakllantirish borasida yuklatilgan vazifalar ijrosi va joriy yilda belgilangan rejalar haqida ma’lumot berdi.


Увеличить на0%