Asadjon Xodjayev Surxondaryo viloyatidagi axborot xizmatlari, nashriyot va kutubxonalar rahbarlari, jurnalistlar bilan uchrashdi

04.03.2023, 09:47

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida"gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida AOKA direktori A.Xodjayev Surxondaryo viloyatiga xizmat safariga bordi.

AOKA rahbari xizmat safari davomida davlat organlari, viloyat tashkilotlari va idoralari axborot xizmatlari rahbarlari, mass-media vakillari, blogerlar, nashriyot-matbaa, axborot-kutubxona markazlari xodimlari va boshqa qator faollar bilan uchrashdi.


Asadjon Xodjayev mutasaddilar bilan uchrashuvda davlat rahbari tomonidan OAV, so‘z va matbuot erkinligi borasida juda katta imkoniyatlar yaratilayotgani, to‘rtinchi hokimiyat vakillariga nisbatan yuksak ishonch bildirilayotganini alohida ta’kidladi.

– Bu ishonchni oqlash uchun, biz ham bor kuchimiz, salohiyatimiz, imkoniyatimiz bilan tinimsiz harakatda bo‘lishimiz lozim. Maqsad va vazifa aniq, faqat uning ijrosi ham to‘g‘ri va samarali yo‘lga qo‘yilishi muhim, – dedi A.Xodjayev so‘zi davomida.


Soha mas’ullari bilan uchrashuvlarda mavjud muammo va kamchiliklar tinglandi, ular faoliyat ko‘rsatayotgan bino va inshootlar sharoitlari bilan tanishib, shuningdek, viloyat tashkilotlari va idoralari axborot xizmatlarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini o‘rganish asosida zaruriy tavsiyalar berildi.

Увеличить на0%