AOKAda 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayram tadbiri o‘tkazildi

07.03.2023, 17:35

Bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida rahbariyat va xodimlar ishtirokida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.


Tadbirda Agentlik direktori A.Xodjayev bahor ayyomi bilan barcha ayollarni qutlab, barcha jabhada, xususan, Agentlik faoliyatida ham erishilayotgan yutuqlarda xotin-qizlarning o‘rni alohida ekanligini ta’kiladi. 


– Ayollarimizning hayotdagi noyob fazilatlari, ya’ni Ona degan sharafli vazifalari va mas’uliyatlari sabab insoniyat tarixi davom etib kelmoqda. Ayol o‘z nomi bilan yaratuvchi, u kelajak bunyodkorlarini dunyoga keltiradi, kamol toptiradi va o‘zi ham ertangi kun istiqboli uchun mehnat qiladi, dedi A.Xodjayev so‘zi davomida.


Bayramona kayfiyatda bo‘lib o‘tgan tadbir davomida rahbar o‘rinbosarlari, mutasaddi xodimlar ham hamkasb opa-singillarni ayyom bilan qutlab, ehtiromlarini izhor etishdi.


Tabdir yakunida qimmatbaho bayram sovg‘alari ulashildi.


Увеличить на0%