A.Xodjayev: OAV vakillari bilan yaqindan hamkorlik qilishimiz kerak

24.03.2023, 20:06

Bugun Davlat boshqaruvi akdemiyasida tuman (shahar)lar hokimlarining jamoatchilik bilan ishlash bo‘yicha maslahatchilari uchun maxsus qisqa seminar-trening tashkil etildi.


Unda  AOKA direktori A.Xodjayev "OAVlar bilan ishlash, rahbar kadrlarning media-savodxonlik masalalari" mavzusida ma’ruza bilan qatnashdi.


Ma’ruzada  OAVlar, ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalar bilan ishlash, rahbar kadrlarning media-savodxonligi, davlat organlarining ochiqligini ta’minlash, intervyu berishda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan qoidalar, voqeliklarga nisbatan rasmiy munosabat bildirishda muhim nuqtalar va shu kabi qator masalalar haqida ma’lumot berildi.


Tinglovchilar, ayniqsa intervyu berishda inobatga olish lozim bo‘lgan jihatlarga katta qiziqish bildirdi. A.Xodjayev so‘zi davomida jurnalistlar bilan muloqotni tashkil etish, matubot anjumanlarni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish, shuningdek, bildirilgan tanqidlarga tezkorlik bilan munosabat bildirish masalalariga alohida to‘xtaldi.


Увеличить на0%