Xalqaro va mahalliy darajada keng miqyosda o‘tkaziluvchi “Oltin qalam” XVII Milliy mukofot g‘oliblari taqdirlandi

15.05.2023, 22:00

Bugun O‘zbekiston xalqaro anjumanlar saroyida an’anaviy yillik “Oltin qalam” XVII Milliy tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.


Tadbirda yil davomida jurnalistik faoliyati bilan jamiyatdagi dolzarb mavzular, turli jabhadagi islohotlar, yaqin kunlarda o‘tkazilgan konstitusion referendum, O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy jarayonlarni xalqaro miqyosda yoritishda faol bo‘lgan turli OAV yo‘nalishi vakillari, soha mutaxassislari, mustaqil jurnalistlarning 4000ga yaqin ijodiy ishi hakamlar hay’ati, ekspertlar tomonidan puxta va atroflicha o‘rganilib baholandi.


Xalqaro tanlov g‘oliblariga mukofotlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi rahbari o‘rinbosari K.Allamjonov, O‘zbekiston Prezidenti matbuot kotibi Sh.Asadov, AOKA direktori A.Xodjayev, O‘zA direktori A.Ko‘chimov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi S.Sayid, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari M.Hojimatov va boshqa qator mutasaddilar topshirishdi.


Jurnalistlar uyushmasi raisi X.Salimovning qayd etishicha, joriy yilgi tanlovda qariyb 550 nafar jurnalist, shu jumladan, 28 ta OAV jamoaviy ishtirok etgan. Bu "Oltin qalam" xalqaro tanlovining shu kungacha bo‘lgan ko‘rsatkichlarida tarixiy rekord natija hisoblanadi.


 Agentlik direktori A.Xodjayev bosma ommaviy axborot vositalari nominasiyasida e’tirof etilgan g‘oliblarga yuksak mukofotni topshirish asnosida barcha jurnalistika sohasi vakillarini, shu jumladan, sovrindorlarni qutladi.

Shuningdek, bu yilgi tanlovda YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda Yevropa Ittifoqi va Belgiyaning GOPA Com., S.A.DNA kompaniyasi rag‘batlantiruvchi nominasiyalari bilan ishtirok etdi.

"Oltin qalam" XVII Milliy mukofot g‘oliblari bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.




Увеличить на0%