Bu yilgi xalqaro konferensiya ko‘lami, mavzular qamrovi kengaygani, ishtirokchilar soni oshgani bilan ahamiyatli – U.Teshabayeva

20.05.2023, 20:19

Bugun O‘zbekiston Milliy kutubxonasida 24–26-may kunlari Buxoro shahrida bo‘lib o‘tadigan an’anaviy “Central Asia – 2023: Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda Internet va axborot-kutubxona resurslari” XVI Xalqaro konferensiyasi  va uning doirasidagi tadbirlarga bag'ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.


Matbuot anjumanida Milliy kutubxona va Toshkent shahridagi tuman AKMlari rahbarlari va xodimlari, Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi vakillari hamda "O‘zArxiv" agentligi mutasaddilari ishtirok etdi.


 Tadbirda XVI Xalqaro konferensiya, "Kitob va mutolaa jamiyat taraqqiyotidagi strategik resursi" II Hamdo‘stlik forumi, axborot-kutubxona sohasidagi ilg‘or mutaxassislarni “Axborot va kutubxona a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash marosimi, 3 kun davomida o‘tkaziladigan shoʻba yig‘ilishlari haqida batafsil ma’lumot berildi.


Qayd etilishicha, joriy yilgi xalqaro konferensiyada 9 ta davlatdan 60 dan ziyod ishtirokchi onlayn va offlayn tarzda qatnashadi. 


AOKA mutaxassisi V.Ahmedova nutqi davomida "Kitob va mutolaa jamiyat taraqqiyotidagi strategik resursi" II Hamdo‘stlik forumida bolalar mutolaasini keng targ‘ib qilish va ommalashtirish orqali bolalar adabiyotini rivojlantirish, nashrlar sonini oshirish, bu borada hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

Matbuot anjmunida kutubxonachilar va OAV vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Ma’lumot uchun: 23 may kuni soat 16:00da Buxoro shahridagi ibn Sino Axborot-kutubxona markazida XVI Xalqaro konferensiya oldi kengaytirilgan matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

P.S. Ushbu havolada 1999 yildan beri  “Central Asia: Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda Internet va axborot-kutubxona resurslari” xalqaro konferensiyasining o‘tkazilishi bo‘yicha xronologiya keltirilgan.

Увеличить на0%