AOKA hududiy boshqarmalari qoshidagi “Dialog maydonchalari”ning joriy yil 1-chorakdagi faoliyati tahlili

02.06.2023, 11:41

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar hududiy boshqarmalari qoshidagi “Dialog maydonchalari”ga jurnalist, bloger, noshir va axborot-kutubxona sohasi vakillaridan kelib tushayotgan murojaatlar mutaxassis hamda ekspertlar tomonidan tegishliligi doirasida o‘rganilib, vakolatlaridan kelib chiqqan holda qonuniy yechimi  hal etilmoqda. 

Shuningdek, Agentlikning (71) 244-23-34 ishonch telefoni va 1213 qisqa raqamli Call-markaziga yo‘llangan murojaatlar ham  tezkor ravishda ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilingan, zarur tushuntirish va tavsiyalar berilmoqda.

Joriy yilning birinchi choragi davomida hududlarda “Dialog maydonchalari” orqali 32 ta murojaat kelib tushgan. Xususan, Surxondaryo viloyatida blogerlar tomonidan shahar va tumanlardagi investisiya bo‘yicha hokim o‘rinbosarlarining mahallalardagi hokim yordamchilari bilan hamkorligini oshirish hamda Innovasiya vazirligi qoshida “Ilmiy- tadqiqot markazi”ni ochish va u yerga ilmli yoshlarni jalb qilish masalasida murojaat kelib tushgan. Ularning takliflari vazirlik va hokimliklarga yetkazildi. Shuningdek, nodavlat OAVlarni qo‘llab-quvvatlash masalasida qilingan murojaat bo‘yicha ham viloyat hokimligiga tegishli takliflar kiritilgan.

Toshkent viloyatidan “To‘ytepa Print” matbaa korxonasi lisenziyasining amal qilish muddatini yangilash bo‘yicha, “Erkin so‘z” gazetasi tahririyatining moddiy-texnik bazasini yaxshilashga yordam berish masalasida, keksa jurnalistlarga e’tibor qaratish, ularning holidan xabar olish borasidagi murojaatlarning barchasi ijobiy yechimini topgan.

Sirdaryo viloyatida “Sirdaryolik insider” telegram kanalida asossiz ma’lumot tarqatilgani bo‘yicha murojaat ekspert guruhi a’zolari tomonidan o‘rganilib,  kanal adminiga ma’lumotlarni joylashdan oldin uni mas’ul tashkilotlar axborot xizmatlari bilan masalani aniqlashtirib olish, har xil chaqiriqlarga uchmasdan, hamkorlikda ishlash bo‘yicha aniq va batafsil takliflar berildi. Material o‘z tasdig‘ini topmagani uchun ijtimoiy tarmoqdan olib tashlandi.

Shuningdek, Uy-joy kommunial xizmat ko‘rsatish boshqarmasi va  Avtoyo‘l axborot xizmati tomonidan shtatlar qisqarishi bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan savol yo‘llangan. Murojaatchilarga shtatlar qisqarganli va tashkilot strukturasiga matbuot xizmati shtati kiritilmagagan taqdirda o‘z tashkilotlarida jamoatchilik shartnomasi asosida faoliyat olib borishlari mumkin ekanligi tushuntirildi.

Xorazm viloyatida ijtimoiy tarmoqlar orqali tuhmat qilinganda belgilanadigan jazo, davlat hokimiyati va boshqaruvi faoliyati to‘g‘risida axborot olish, davlat organlari binosiga mobil telefonlarni olib kirish yoki undan fodalanish mumkinmasligi to‘g‘risidagi murojaatlarga qonunchilik doirasida tushuntirishlar berildi.

Qashqadaryo viloyatida ham bir qator bloyegr va jurnaliyatlar ijodiy faoliyatlari va boshqa tashkiliy masalalar yuzasidan yordam so‘rab murojaat qilishgan. Barcha murojaatlar ijobiy yechimini topgan. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Namangan, Samarqand, Andijon viloyatlari hududiy boshqarmalari qoshida tashkil etilgan “Dialog maydoncha”lariga 1-chorak davomida murojaat kelib tushmagan. 

Agentlik va hududiy boshqarmalar har bir murojaatga alohida e’tibor bilan yondashishda va ko‘tarilgan masalalarni o‘z vakolati doirasida qonuniy hal etish choralarini ko‘rishda davom etadi.

Увеличить на0%