AOKAda Britaniya elchisi Timoti Torlou bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

02.06.2023, 21:00

Bugun Agentlik rahbariyati va mutasaddi xodimlari hamda Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Timoti Torlou bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.


Uchrashuv avvalida AOKA direktori A.Xodjayev Agentlik tomonidan e’tibor qaratilayotgan ustuvor yo‘nalishlar, shu jumladan, mediasavodxonlik hamda  huquqiy bilimlarni oshirish, dezinformasiyaga qarshi kurashish sohasida qo‘shma loyihalarni birgalikda amalga oshirish, shuningdek, davlat organlari va idoralari axborot xizmatlari rahbarlari, xodimlari, ommaviy axborot vositalari vakillarining malakasini oshirish borasida  amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.


Muloqot davomida Britaniya elchisi T.Torlou O‘zbekistonda OAVni rivojlantirish, jamoatchilik fikri va so‘z erkinligini, axborot olish va tarqatish kafolatlarini ta’minlash, shuningdek, jurnalistlar huquqlari himoyasini kuchaytirish borasidagi islohotlarda elchixona bilan hamkorlikni kengaytirishni taklif qildi.


Uchrashuv mazmunli va samarali bo‘ldi.


Увеличить на0%