A.Xodjayev: AOKA raqamli media sohasida savodxonlikni oshirish bo‘yicha qator rejalar ishlab chiqmoqda

16.08.2023, 13:24

Joriy yilning 15-16 avgust kunlari AOKAda ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun "France 24" Fransiya xalqaro yangiliklar telekanali jurnalistlari Polina Chubar hamda Antuan Kormeri o‘quv-trening mashg‘ulotlari o‘tkazishdi.


Polina Chubar mahorat darslarida ishtirokchilarga axborot taqdim etishda uning asosli va xolisligini tekshirishda kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish, yolg‘on va real tasvirlarni ajratishda ishonchli manbalar bilan ishlash, shuningdek, ko‘plab davlatlardagi feyk xabarlarga qarshi kurashuvchi Markazlarning faoliyat usullari va ustun jihatlarini taqqoslab ma’lumotlar taqdim etdi. 


Fransiyada jurnalistlarni tayyorlovchi Académie France24- MCD-RFI direktori Antuan Kormeri Akademiya va "France 24" Fransiya xalqaro yangiliklar telekanali faoliyati haqida ma’lumot berdi. 


Trening qatnashchilari Fransiya jurnalistlarni tayyorlash akademiyasida asosan qaysi yo‘nalishda ish olib borilishi, jurnalistlarni tayyorlashda e’tibor qaratiladigan jihatlar, "France 24" xalqaro telekanalida yangiliklarni uzatishda mahalliy, mintaqaviy muxbirlarning faoliyatlari borasidagi savollariga javob olishdi.  


Seminar yakunida Agentlik direktori A.Xodjayev ishtirokchilarga sertifikat topshirdi. AOKA xalqaro axborot maydonida yuqori reytinga ega media kompaniyalardan kuchli, mahoratli mutaxassislarni jalb qilgan holda jurnalistlarning savodxonliklarini oshirish borasida qator maqsadlar qo‘yganini ta’kidlab o‘tdi.


Shu tariqa bugun ikki kun davom etgan o‘quv-seminari yakunlandi.


Увеличить на0%