“Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida o‘tkazilgan "Eng ulug‘, eng aziz" tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

29.08.2023, 17:00

Bugun Yoshlar ishlari agentligining anjumanlar zalida «Eng ulug‘, eng aziz» an’anaviy ko‘rik tanlovining respublika bosqichi g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.


Tantanali tadbirda hamkor tashkilotchi davlat idoralari mutasaddilari, jurnalistlar, shoir va yozuvchilar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.


Tabdir avvalida so‘zga chiqqan O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi v.b. X. Salimov ishtirokchilarni davlatimiz mustaqilligining 32 yillik bayrami bilan qutladi hamda mamlakatimizda samarali ijod qilayotgan jurnalistlarni moddiy-ma’naviy jihatdan rag‘batlantirishda ushbu ko‘rik-tanlovning ahamiyati haqida to‘xtaldi.


Ta’kidlanishicha, joriy yilda “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” degan bosh g‘oya asosida o‘tkazilgan “Eng ulug‘, eng aziz” an’anaviy ko‘rik-tanlovi respublika bosqichiga 7 ta nominatsiya bo‘yicha 345 nafar: jurnalistlar, yozuvchi-shoirlar, kino san’ati, tasviriy san’at, foto asarlar va dizayn ishlari bo‘yicha ijodkorlardan bir ming yetti yuzga yaqin ijodiy ishlar taqdim etilgan.


Qayd etilishicha, bu yilgi tanlovda ijodiy ishlar besh ballik tizimda mavzuning dolzarbligi, tahlili, asarning badiiyligi, mustaqillik g‘oyasining ifodasi, talqinning o‘ziga xosligi kabi mezonlar asosida baholangan.


Shuningdek, g‘oliblarni aniqlashda tanqidiy-tahliliy ruhdagi materiallarga alohida e’tibor qaratilgan.


 "Eng ulug‘, eng aziz" tanlovi g‘oliblari bilan quyidagi havolada tanishishingiz mumkin.

Увеличить на0%