O‘zbekiston ilmiy nashrlarini axborot platformalari va ma’lumotlar bazasiga kiritish istiqbollari yuzasidan seminar bo‘lib o‘tdi

29.08.2023, 18:07

Bugun AOKA, Milliy kutubxona, "U- PRESS"da MCHJ hamkorligida ilmiy nashriyotlar direktorlari, bosh muharrirlar, axborot-kutubxona mutaxassislari uchun O‘zbekiston ilmiy nashrlarini xalqaro va respublika axborot platformalari hamda ma’lumotlar bazasiga kiritish istiqbolar va usullari bo‘yicha xalqaro ilmiy-amaliy tashkil etildi.


Tadbirda, shuningdek, "EBSCO Information Services" (AQSH), "IVIS" MCHJ "NEIKON" (milliy elektron axborot konsorsiumi, Rossiya), "E-Line Press" MCHJ kabi yetakchi platformalar mutasaddilari, ilmiy ta’lim ma’lumotlar bazalarining yetakchi xorijiy nashriyotlari va agregatorlari onlayn tarzda o‘z ma’ruzalari va taqdimotlari bilan ishtirok etishdi.


Xalqaro seminardan ko‘zlangan maqsad – milliy ilmiy nashrlarni (davriy nashrlar va kitoblar) xalqaro axborot mahsulotlar bozorida ommalashtirish, shu bilan birga tadbir qatnashchilarini elektron nashrlarni xalqaro va milliy axborot platformalari hamda ma’lumotlar bazalariga kiritish texnologiyalari, qoidalari bilan tanishtirishdan iborat.


O‘quv mashg‘uloti davomida mamlakatdagi mavjud davriy nashrlar portali hamda nashrlarni unga joylash mexanizmlari haqida ham batafsil ma’lumot berildi.


Shuningdek, nashriyotlar rivojlanishida "EBSCO" platformasi imkoniyatlaridan foydalanish, "EAST VIEW INFORMATION SERVICES" ma’lumotlar bazasiga kirish, "ELPUB" orqali ilmiy jurnallarni qo‘llab-quvvatlash, ilmiy maqolalarning originalligini tekshirish usullari bo‘yicha ham qiziqarli taqdimotlar qilindi.


Seminarda soha mutaxassislari o‘zlarini qiziqtirgan savollar borasida zarur ma’lumotlar, ko‘nikma va malakaga ega bo‘lishdi.


Увеличить на0%