Britaniya elchisi bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

20.09.2023, 18:00

Bugun Agentlikda joriy yilda yangi tayinlangan Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Timoti Smart bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.


Uchrashuvda AOKA direktori A.Xodjayev Agentlikning funksiya va vazifalari, shu jumladan, so‘z va matbuot erkinligini hamda davlat organlari va idoralari faoliyatining shaffofligi va ochiqligini ta’minlash, axborot xizmatlari tomonidan OAV va fuqarolarning murojaatlariga tezkor munosabat bildirish, mediasavodxonlik va huquqiy bilimlarni oshirish, dezinformatsiyaga qarshi kurashish va boshqa qator sohaga oid dolazarb masalalar yuzasidan  amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.


Muloqot davomida Britaniya elchisi T.Smart Agentlikning OAVni rivojlantirish, jamoatchilik fikri va so‘z erkinligini, axborot olish va tarqatish kafolatlarini ta’minlash, shuningdek, jurnalistlar va OAV vakillarining malaka-tajribalarini oshirish borasidagi ishlarida, ularning huquqiy himoyalarini kuchaytirish borasidagi islohotlarda elchixona hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini bildirdi.


Uchrashuv mazmunli va samarali bo‘ldi.


Увеличить на0%