Axborot xizmatlari rahbarlari uchun o‘quv-seminarda kelgusidagi rejalar belgilandi
Termiz shahridagi Matbuot uyida Surxondaryo viloyati hokimligi Axborot xizmati hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi hamkorligida axborot xizmatlari rahbarlari uchun navbatdagi o‘quv-seminar tashkil etildi.
O‘quv seminarida davomida axborot xizmatlari faoliyatiga oid amaldagi qonunchilik ijrosi, ulardan matbuot kotiblari faoliyati samaradorligini oshirishda unumli foydalanish, media makondagi turli tanqidiy holatlarga tezkor va asoslantirilgan munosabat bildirish, jamoatchilik fikr-mulohazalarga dalillar bilan javob qaytarish, tashkilot imijini mustahkamlash, OAV bilan samarali hamkorlik, hududiy media-rejalarni amalga oshirish kabi masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Seminarda bildirgan fikr-mulohazalar, taklif va tavsiyalar asosida kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.