Tibbiyot xodimlari kuniga qutlov!
12.11.2023, 12:50
Mamlakatimizda har yili noyabr oyining ikkinchi yakshanbasida tibbiyot xodimlari kuni keng miqyosda nishonlanadi.
Kasb taqozosiga ko‘ra inson salomatligini o‘z sog‘ligi va xotirjamligidan ustun qo‘yadigan, sog‘lom va barkamol muhit yaratishga mas’ul bo‘lgan jonkuyar, fidoyi tibbiyot xodimlarini kasb bayramlari bilan chin yurakdan muborakbod etamiz.
Sizning sharafli va mislsiz xizmatlaringiz, el-yurt salomatligini asrash va saqlashda zalvorli faoliyatingiz hamisha xalqimiz e’tirofida.
AOKA jamoasi yurtimizdagi barcha tibbiyot xodimlarini yana bir bor kasb bayramlari bilan qutlagan holda aholi salomatligi muhofazasi yo‘lida kuch-quvvat, yuksak bilim va tajriba, metindek iroda va ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi!
Вид сайта
Размер шрифта
Увеличить на0%