Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O‘zbekiston aholisining Agentlik vakolati doirasidagi murojaatlarini qabul qilish va uni qonunchilik asosida o‘rganish maqsadida Ishonch telefonlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan
Agar sizda:
-Axborot-kutubxona faoliyati, kitoblar va boshqa zarur arxiv-hujjatlar bilan elektron ishlash tartibi;
-nashriyot-matbaa, ommaviy axborot vositalarining muayyan turini ochish, qayta tashkil etish yoki tugatish;
-mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar, yangiliklar saytlari, Axborot agentliklarining ishlari yuzasidan savol yoki shikoyatingiz bo‘lsa;
Shuningdek, Agentlik va uning viloyatlardagi boshqarmalari hamda tizim tashkilotlari xodimlarining korrupsion va boshqa nojo‘ya xatti-harakatlaridan xabardor bo‘lsangiz –
1213 qisqa raqami yoki (71) 244-23-34 "Ishonch telefon"lariga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.
Murojaat qilishda jismoniy yoki yuridik shaxs familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi, yuridik shaxsning nomi, javob yuboriladigan pochta manzili va bog‘lanish uchun aloqa telefon raqami, shuningdek xabarning mazmun-mohiyati to‘g‘risida ma’lumotlarni taqdim etishi shart.
Agentlik ishonch telefonlariga dushanbadan jumagacha soat 9:00dan 18:00ga qadar (tushlik vaqti: 13:00dan 14:00gacha, shanba va yakshanba dam olish kunlari) qo‘ng‘iroq qilish mumkin.
Bunda murojaat qiluvchi jismoniy yoki yuridik shaxsning murojaat mazmuni va taqdim etgan ma’lumotning maxfiyligi kafolatlanadi.
“Ishonch telefoni” orqali qoldirilgan murojaatlar qonunchilikda belgilangan tartibda, normativ-huquqiy hujjatlar talablari asosida ko‘rib chiqiladi.