AOKAda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining ommaviy axborot vositalari erkinligi masalalari bo‘yicha vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

17.11.2023, 19:00

Bugun Agentlikda YeXHTning ommaviy axborot vositalari erkinligi masalalari bo‘yicha vakili Tereza Ribeyro boshchiligidagi  delegatsiya bilan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.


Uchrashuvda O‘zbekistonda axborot sohasidagi izchil islohotlar, matbuot erkinligi va davlat organlarining ochiqligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar haqida ijobiy fikr bildirildi.

Shu bilan birga, Tereza Ribeyro xonim dunyo miqyosida xotin-qizlarga nisbatan onlayn zo‘ravonliklarni oldini olish, turli kiberbulling va kamsitishlar, tazyiqlarga qarshi kurashish olib borilayotganini ta’kidlab, bu borada O‘zbekistonda juda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilgani, xususan, qonunchilikda ham ayollarning himoyasi mustahkamlangani tahsin va hurmatga sazovor ekanligini qayd etdi.


O‘z o‘rnida, AOKA direktori Asadjon Xodjayev mamlakatimizda axborot sohasini demokratlashtirish, jamiyatda jamoatchilik nazoratini takomillashtirish, bu jarayonda ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish borasida Agentlik tomonidan  amalga oshirilayotgan ishlar, shu jumladan, muhokamalar bosqichi yakunlangan "Axborot kodeksi" loyihasi to‘g‘risida ma’lumot berdi.


Uchrashuvda, shuningdek, o‘zaro hamkorlikning turli yo‘nalishlari muhokama qilindi. OAV, mass-mediani rivojlantirish borasida yangi loyihalar tashkil etish bo‘yicha kelishib olindi.

Увеличить на0%