Olmaliqda "Matbuot kotiblari bog‘i" tashkil qilindi
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi va Olmaliq kon-metallurgiya kombinati bilan hamkorlikda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari axborot xizmati rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari uchun press-tur tashkil etildi.
Press tur davomida “Olmaliq KMK” AJ Axborot xizmati hamda kombinat faoliyati, shu jumladan, O‘zbekiston tarixidagi eng yirik investisiya loyihalaridan biri bo‘lgan “Yoshlik 1” konini o‘zlashtirish jarayonlari bilan tanishdilar.
Shuningdek, press-tur doirasida "Yashil makon" umummilliy loyihasida faol ishtirok etish masadida Agentlik xodimlari, OAV vakillari hamda matbuot kotiblari bilan birgalikda daraxt ekish aksiyasi bo‘lib o‘tdi.
Kombinat sport majmuasi hududida tashkil qilingan bog‘da ko‘plab mevali va manzarali darax ko‘chatlari o‘tqazildi.