Inqirozli vaziyatlarda o‘zingizga beshta savol bering – Jonatan Charlz

12.01.2024, 16:40

Bugun AOKAda davlat organlari va tashkilotlar axborot xizmatlari rahbarlari uchun O‘zbekiston Prezidenti maslahatchisi Suma Chakrabartining Aloqa bo‘yicha maslahatchisi Jonatan Charlz ishtirokida "Inqirozli vaziyatlardagi kommunikatsiya" yuzasidan navbatdagi seminar bo‘lib o‘tdi.


Seminarda har bir soha faoliyatida uchrashi muqarrar bo‘lgan inqirozli vaziyatlardagi kommunikatsiyani oldindan rejalashtirish, maqsad va vazifalar konsepsiyasini ishlab chiqish, bunday holatlarda matbuot kotibi e’tibor qaratishi lozim bo‘lgan eng asosiy jihatlar misollar bilan ochib berildi.


– Matbuot kotibi xatarni baholay olishi va oldindan prognozli ssenariy tuzib, chora-tadbirlar xaritasini ishlab chiqishi lozim. OAV bilan ishlash prinsipi bo‘yicha eng kerakli ko‘rsatmalarni o‘zi uchun belgilab oling. To‘g‘ri va tezkor xabarlarni yoritishni ta’minlash uchun media-platformalarni oldindan belgilab qo‘ying, - dedi Jonatan Charlz taqdimoti davomida.


Trening davomida matbuot kotiblariga turli shakldagi inqirozli vaziyatlarda kommunikatsiya tashkil etish va muammoni bartaraf qilish bo‘yicha topshiriqlar berildi va natijalar baholandi.




Увеличить на0%