MediaAyvon-2024: gender, huquq va media-axborot savodxonlik masalalarining mediamakonda samaradorligini baholash

17.01.2024, 17:45

Bugun "Courtyard by Marriott Tashkent"da parlament, vazirlik va idoralar, akademik hamjamiyat va NNTlar vakillari, jurnalist va blogerlar ishtirokida Forum bo‘lib o‘tdi.


Forum doirasida huquq, gender va mediasavodxonlik kabi dolzarb mavzular yuzasidan ochiq va norasmiy muloqot bo‘lib o‘tdi. Muloqotda ijtimoiy ahamiyati yuqori masalalarning ommaviy axborot vositalarida yoritishda innovasion yondashuvlar bo‘yicha fikr va tajriba almashildi.


– Biz mediada huquqiy va gender savodxonlik borasidagi hozirgi xavf-xatarlar va erishilgan muvaffaqiyatlarni muhokama qilish uchungina emas, balki yangi yechimlar va strategiyalarni topish maqsadida bu yerda to‘plandik. Har kimni fikri eshitiladigan va inobatga olinadigan muhitni yaratishga intilmoqdamiz, dedi AOKA direktori A.Xodjayev muloqot davomida.


Forumda, shu bilan birga, so‘z erkinligini himoya qilishning milliy mexanizmlari va vositalarining samaradorligi, gender, huquq va ommaviy axborot vositalari hamda axborot savodxonligi nuqtai nazaridan xalqaro va milliy OAV tendensiyalari atroflicha muhokama qilindi.


Увеличить на0%