AOKA hisobot yig‘ilishi: korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuviga qarshi kurashish hamda Ichki audit xizmati tomonidan amalga oshirilgan ishlar

17.01.2024, 19:35

AOKA mutasaddi xodimlari, hududiy boshqarmalar hamda viloyat, tuman AKM rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan tor doiradagi yig‘ilishda 2023 yilning 2-yarmida Agentlik Ichki audit xizmati tomonidan olib borilgan o‘rganishlar natijalari bayon qilindi.


Xususan, Pastdarg‘om, Samarqand, Kattaqo‘rg‘on, Jarqo‘rg‘on va Sho‘rchi tumanlari axborot-kutuxona markazlari faoliyati misolida tanqidiy ruhda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi hamda muammoli holatlarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.


Shu bilan birga, Agentlik va tizim tashkilotlar, hududiy boshqarmalar, viloyat, tuman AKMlarida turli shakldagi korrupsion holatlarga qarshi kurashish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, noqonuniy xatti-harakatlarning oldini olish chora-tadbirlari tushuntirildi. 


Shu kabi vaziyatlar kuzatilganda yoki aniqlanganda AOKA ishonch telefon raqami yoki Call-markazi orqali xabardor qilish lozimligi ta’kidlandi.


Yig‘ilishda, shuningdek, Ichki audit xizmatining 2024 yil uchun tasdiqlangan "Yillik ish reja"ga asosan amalga oshiriladigan ishlar tanishtirildi.


Увеличить на0%