“Yilning eng yaxshi axborot-kutubxona mutaxassisi” ko‘rik tanlovining Resublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi
Ma’lumki, joriy yil 22-25 oktyabr kunlari Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyat axborot-kutubxona markazlarida “INFOLIB OʻZBEKISTON-2024” XIII Milliy axborot-kutubxona haftaligi bo‘lib o‘tmoqda.
Haftalik doirasida 30dan ziyod madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘rin egallagan bo‘lib, jumladan, 21-23 oktyabr kunlari “Yilning eng yaxshi axborot-kutubxona mutaxassisi” ko‘rik tanlovining Resublika bosqichi o‘tkazildi.
Viloyatlar, Toshkent shahar hamda Milliy kutuxonada o‘tkazilgan tanlovda birinchilikni egallagan axborot-kutubxona mutaxassislari 6 ta shart asosida g‘oliblik uchun bilim va tajribalarini sinashdi.
Yangicha innovasion yondashuvlar, kitob targ‘iboti, kitobxonlar bilan ishlash, zamonaviy kutubxonachilik bilimlarini test sinovlarida tekshirish kabi sinovlarda bellashgan ishtirokchilar orasidan Respublikaning eng yaxshi axborot-kutubxonachisini tanlash hakamlar hay’atiga oson bo‘lmadi.
Qizg‘in va har bir qatnashchining o‘ziga xos ishtiroki bilan murosasiz o‘tgan tanlovda 3 nafar g‘olib aniqlandi:
1-o‘rin Navoiy viloyati Ravshanova Surayyo Zokir qizi ;
2-o‘rin Samarqand viloyati Nilufar Inatullayeva Zubaydullo qizi;
3-o‘rin Toshkent viloyati Rasulova Go‘zal Baxtiyorovna.
Gʻoliblar AOKA tomonidan sertifikat bilan taqdirlandi va 2025 yil davomida berib boriladigan pul mukofotini qo‘lga kiritdi.
Bundan tashqari, respublika bosqichida ishtirok etgan qolgan 12 nafar, hududiy bosqichdagi 30 nafar sovrindorlar (2-,3- o‘rin sohiblari) ham Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan 2025 yil davomida moddiy rag‘batlantirilib boriladi.