Global axborot asrida dezinformatsiya va soxta axborotlarga qarshi kurashish: muammolar va ularga samarali yechish topish
Bugun “International Hotel Tashkent”da бўлиб ўтган Медиа-форумнинг panel yig‘ilishida ushbu mavzu yuzasidan muloqot o‘tkazildi.
Panel yig‘ilishida so‘zga chiqqanlar dezinformatsiyaga qarshi kurashish borasida erishilgan natija va yutuqlar, mavjud kamchiliklar, muammolar, ularga samarali yechim topishda hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha taqdimotlar qilishdi.
Raqamli asrda dipfeyk, kiberjinoyat va boshqa shakllarda tobora murakkablashib borayotgan dezinformasion oqimlarga qarshi kurashish masalasi har qachongidanda dolzarbligi, aholi mediasavodxonligini oshirish samarali yechimlardan biri ekanligi ta’kidlandi.
Xolis, dalillarga asoslangan, ishonchli axborotni tezkor yetkazishda ijtimoiy tarmoqlardan, sun’iy intellektdan oqilona va unumli foydalanish bo‘yicha ma’lumotlar berildi.
– Dezinformatsiya oqibatlari ommaviy axborot vositalari doirasidan ancha chetga chiqadi. U an’anaviy ommaviy axborot vositalari va institutlarga bo‘lgan ishonchga putur yetkazadi, ijtimoiy nizolarni keltirib chiqaradi, jamiyatning qutblanishini kuchaytiradi va odamlarning siyosat, sog‘liqni saqlash va ekologiya kabi muhim sohalarda asosli qarorlar qabul qilishiga to‘sqinlik qiladi, dedi Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Akromjon Fozilov o‘z so‘zida.
Eslatib o‘tamiz, ertaga 19 dekabr kuni TDTga a’zo davlatlarning axborot sohasi vazirlari va yuqori martabali mansabdor shaxslarining 6-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.