TDT axborot vazirlari 6-yig‘ilishining Toshkent kommyunikesi imzolandi

19.12.2024, 19:48

Bugun Toshkent shahrida TDTga a’zo davlatlar axborot sohasi vazirlari va yuqori martabali mansabdor shaxslarining 6-yig‘ilishi bo‘lib o‘tgani маълум қилинган (https://t.me/aoka_uz/12473) edi.


Yig‘ilishda Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar o‘rtasida axborot sohasida hamkorlikning ko‘lami hamda chora-tadbirlari muhokama qilindi.


Shuningdek, hamkorlik doirasida kelgusi yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar hamda asosiy yo‘nalishlari belgilangan Harakatlar rejasi tasdiqlandi.


Yig‘ilish yakunida tomonlar dezinformatsiya va feyklar tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha TDT mamlakatlarining umumiy yondashuvlarini belgilovchi Toshkent kommyunikesini imzolashdi.


Ma’lumot uchun: Toshkent kommyunikesida xavfsiz va erkin raqamli muhitni rivojlantirish, TDTga a’zo davlatlarda ijtimoiy tarmoq platformasi vakolatxonalarini tashkil etish bo‘yicha sa’y-harakatlarni birlashtirish, davlat organlarining ochiqligini rag‘batlantirish, bolalarni noqonuniy axborot va zararli kontentdan himoya qilish, bullinga qarshi kurashish va boshqa muhim yo‘nalishlar qamrab olingan.

Увеличить на0%