Kelgusi yilda Ozarbayjon bilan hamkorlikdagi media tadbirlar muzokara qilindi
Bugun AOKA direktori Asadjon Xodjayev hamda Ozarbayjon Respublikasi Mediani rivojlantirish agentligi ijrochi direktori Ahmad Ismoilov bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda o‘zbek-ozarbayjon tomonlar o‘rtasida imzolangan "Yo‘l xaritasi"ning ijrosi muhokama qilindi.
Shuningdek, ikki davlat tele- va radio mahsulotlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish masalasi yuzasidan fikr almashildi.
Kelgusi yilda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan Media tadbirlarda ikki tomonlama ishtirokni ta’minlash, OAV vakillari, matbuot kotiblari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish, press-turlar tashkil etish borasida takliflar bildirildi.
Uchrashuvda Bokuda o‘tkaziladigan Media va axborot sohasi vazirlari va yuqori martabali mansabdor shaxslarining 7-yig‘ilishi hamda Turkiy davlatlar tashkiloti Media va axborot bo‘yicha ishchi guruhining 12-yig‘ilishida qanday mavzu va masalalarni kiritish bo‘yicha mulohazalar bildirildi.