Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida korrupsiya faktlariga doir murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari haqidagi yillik hisobot

25.12.2024, 15:02

2024 yilning 12 oylik davomida jismoniy shaxslardan Agentlikka umumiy hisobda 1628 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ular hududlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega: Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 55 ta; Andijon viloyati – 96 ta; Buxoro viloyati – 63 ta; Jizzax viloyati – 65 ta; Qashqadaryo viloyati – 204 ta; Navoiy viloyati – 56 ta; Namangan viloyati – 79 ta; Samarqand viloyati – 149 ta; Sirdaryo viloyati – 63 ta; Surxondaryo viloyati – 208 ta; Toshkent viloyati – 128 ta; Toshkent shahri – 245 ta; Farg‘ona viloyati –114 ta; Xorazm viloyati – 103 ta.


Agentlikka yo‘llangan yuqoridagi murojaatlarning 641 tasi bo‘yicha murojaat mualliflariga tegishli tushuntirishlar berildi va murojaatlar ijobiy hal etildi. Shuningdek, murojaatlarning 955 tasi Agentlik vakolatiga kirmaganligi sababli, tegishliligi bo‘yicha boshqa davlat idoralariga yo‘llangan. 13 ta murojaat fuqarolar tomonidan takroran yuborilganligi sababli ko‘rib chiqilishi tugatilgan va 1 ta murojaat anonim deb topilgan. Shu bilan birga, 18 ta murojaat ish jarayonida.


Ushbu murojaatlar mazmun-mohiyati jihatidan ko‘rib chiqilganda, murojaatchilar 285 ta holatda ma’lum bir holatni OAVda yoritib berishni so‘ragani, 241 ta holatda OAV harakatidan norozi bo‘lib murojaat yo‘llagani, 115 ta holatda esa ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan ma’lumotlar bo‘yicha shikoyat yo‘llagani ma’lum bo‘ldi. 


2024 yil 12 oylik davomida kelib tushgan murojaatlar orasida Agentlikning markaziy apparatida korrupsiyaviy faktlariga doir murojaatlar mavjud emas.

Увеличить на0%