Internetdagi zo‘ravonlik va axloqsizlikni targ‘ib qiluvchi kontentlar yoshlarning ruhiy barqarorligiga xavf soladi!
Bugun bolalarning tarbiyasiga, dunyoqarashi va fikrlari shakllanishiga real muhitdan ko‘ra, virtual muhit ko‘proq ta’sir ko‘rsatmoqda.
Onlayn platformalar orqali axborot almashinuvi, shu bilan birga, ta’lim, tadbirkorlik va ijtimoiy muloqot samarali yo‘lga qo‘yilgan. Ammo shunday imkoniyatlar fonida, internet orqali shafqatsizlik, zo‘ravonlik, axloqsizlik kabi salbiy illatlar ham keng tarqalmoqda.
Bu holat nafaqat shaxsiy, balki umumjamiyat darajasida jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
xabar.uz yangiliklar saytida эълон қилинган ushbu maqola zurriyodining kelajagiga befarq bo‘lmagan har bir ota-onani jiddiy o‘ylov va tashvishga solishi tabiiy.
Muallif Jasur Husanov (AOKA boshqarma boshlig‘i) Ijtimoiy tarmoqlarda, xususan, YouTube, TikTok, Instagram va Telegram kabi platformalarda ayrim shaxslar va guruhlar tomonidan zo‘ravonlik, shafqatsiz munosabatlar, hatto jinoyatlarning tafsilotlarini targ‘ib qilish holatlari aks etgan video, foto kontentlar tarqatilishining salbiy oqibatlariga to‘xtalgan.
Farzandlarimizning ma’nan komil, axloqan barkamol shaxs bo‘lib yetishishida davlat organlari, ta’lim muassasalari, ota-onalar va ommaviy axborot vositalari hamkorlikda ish olib borishlari zarur.
Ta’lim tizimida axborot madaniyati, raqamli xavfsizlik va axloqiy tarbiya bo‘yicha darslar joriy etilishi davr talabi bo‘lib bormoqda.
Shu bilan birga, internet faoliyatini monitoring qiluvchi maxsus idoralar samarali ishlashi, yoshlar uchun sog‘lom kontentlar yaratilishiga alohida e’tibor qaratish kerak, deydi muallif maqolada.
Jasur Husanov muammoning yechimi sifatida qonunchilikni takomillashtirish, davlat va jamiyatning hamjihatligi, oila va ta’lim muassasalarining faol ishtirokini qayd etgan.
Shu bilan birga, davlatning bu boradagi mas’uliyatini oshirish, mas’ul tuzilmalarning faoliyatini takomillashtirish zarurligini ta’kidlagan.
Maqolani o‘qish: https://xabar.uz/8k1i