Xorazm matbuoti, matbaachilik, noshirlik: tarixi va buguni
17.04.2025, 19:32
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar Agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan ushbu nomdagi kitob mutolaa sevarlarga taqdim etildi.
To‘plamda viloyatda axborot sohasida uzoq yillar samarali mehnat qilgan, nashriyot-matbaa tizimi, bosma nashrlar, televideniye va radio, kutubxonalarda fidokorona faoliyat olib borgan faxriylar haqida so‘zlangan. Shuningdek, Xorazm hududida xalqqa axborot yetkazish va ziyo tarqatish borasida olib borilgan va olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar qayd etilgan.
Asar o‘quvchilarni Xorazm matbuotining mashaqqatli tarixiy yo‘li bo‘ylab "sayohat"ga chorlaydi. Solnoma sohaning fidoyi va jonkuyar, zahmatkash vakillarining o‘z davrida dovruqli bo‘lgan ijodlari bilan tanishtiradi.
Вид сайта
Размер шрифта
Увеличить на0%