Eski bashoratlarni unutish vaqti keldi – Sherzod Asadov
1997-yilda o‘z davrining yirik geostrateglaridan biri bo‘lgan Zbignev Bjezinskiy o‘zining "Buyuk shaxmat taxtasi" kitobida Farg‘ona vodiysini geosiyosiy keskinlik o‘chog‘iga aylanishini bashorat qilgan, ayrim ekspertlar esa hatto "porox bochkasi"ga o‘xshatgan edi.
Darhaqiqat, uchta mustaqil mamlakatga daxldor bu qadimiy hududda yaqin-yaqingacha shunday voqealar ro‘y berdiki, ko‘pchilik bu mash’um bashorat haqiqatdan unchalik ham yiroq emasligiga ишонганди.
Ammo bugun biz butunlay boshqacha voqelikda yashamoqdamiz. Prezident Shavkat Mirziyoyevning uzoqni ko‘ra biladigan rahbarligi, tizimli va chuqur o‘ylangan islohotlari tufayli Farg‘ona vodiysining uchta viloyati va uning yuragi bo‘lmish Andijon butunlay o‘zgarib ketdi.
Eski bashoratlarni unutish vaqti keldi. Endilikda, shu jumladan uch davlat rahbarlarining sa’y-harakatlari va do‘stligi tufayli bugun Farg‘ona vodiysi "porox bochkasi" emas, balki imkoniyatlar, farovonlik, tinchlik, yaxshi qo‘shnichilik va bunyodkorlik makoniga aylandi.
Andijon, Farg‘ona va Namanganga kelsak, ular ertangi kunga ishonch va kuchli, adolatli Davlat rahbarining e’tibori bilan xalqimiz nimalarga qodir ekanini isbotlamoqda.