Matbuot tadbirlarida faktlarni taqdim etish va axborot xizmatida sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish
Bugun Energetika vazirligi va tizim tashkilotlari Axborot xizmatlari rahbarlari uchun AOKA bo‘lim boshlig‘i Nurali Oripov hamda Axborot xizmati bo‘limi yetakchi mutaxassisi Murod Fayziyev ishtirokida o‘quv-treningi o‘tkazildi.
O‘quv-treningda Axborot xizmatlari faoliyatida dolzarb masalalardan biri – inqirozli vaziyatlarda samarali kommunikatsiyani yo‘lga qo‘yish mavzusi yuzasidan amaliy-ko‘rgazmali tushuntirishlar berildi.
Xususan, inqirozli vaziyatlarda xolis ma’lumot berish barobarida ochiqlanishi lozim bo‘lgan dalillarni taqdim etish mezonlari, jurnalistlar va jamoatchilik savollariga tezkor munosabat bildirish, mutasaddi idoralar bilan hamkorlik qilish hamda voqelikka aniqlik kiritish, raddiya berish huquqi va boshqa muhim jihatlar bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etildi.
Shuningdek, Axborot xizmatlari ishini yengillatadigan sun’iy intellekt imkoniyatlaridan oqilona va to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha mahorat darslari bo‘lib o‘tdi.
Matn, foto va video kontent bilan ishlashda sun’iy intellektning "salohiyati" ko‘rsatib berildi.
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi barcha davlat organlari va idoralari, shuningdek, mahalliy hokimliklar Axborot xizmatlari faoliyatini samarali tashkil etish va yaxshilash borasida amaliy ko‘mak berish, matbuot kotiblari malakasini oshirish ishlarini davom ettiradi.