Ayni damda II Markaziy Osiyo media forumi doirasida Ostonada bo‘lib turgan AOKA direktori Asadjon Xodjayev Qozog‘iston Respublikasi Madaniyat va axborot vaziri Aida Balayeva bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi

16.04.2025, 19:41

Uchrashuvda tomonlar Markaziy Osiyo  mintaqasida yagona axborot platformasini yanada mustahkamlash tarafdori ekanliklarini ta’kidlashdi. 

Shuningdek, o‘zbek-qozoq davlat rahbarlarining tashriflari davomidagi kelishuvlarda belgilangan vazifa va tadbirlar ijrosi yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi.

Uchrashuvda tomonlar axborot sohasida hamkorlik va amaliy o‘zaro muloqotni kengaytirish maqsadida OAV va mediadagi barcha yo‘nalish va tarmoqlarda sheriklikda ishlashni aks ettiruvchi "Istaklar to‘g‘risida"gi Bayonnomani imzolashdi.

Kelajakda ushbu bayonnoma, qozoq-o‘zbek tele-, radioeshittirishlarini uzatish, OAV vakillarining tajriba almashishi, ikki davlat madaniyati, tarixi, milliyligini keng targ‘ib qilish, dezinformatsiyalarga qarshi kurashishda samarali mexanizm bo‘lib xizmat qiladi.

AOKA direktori Asadjon Xodjayev Forum doirasida Ozarbayjon Respublikasi Mediani rivojlantirish agentligining ijrochi direktori Axmed Ismaylov bilan ham uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda Ozarbayjonda bo‘lib o‘tadigan Media forumga tayyorgarlik masalalari yuzasidan o‘zaro fikr-takliflar almashildi.

Ostonada bo‘lib o‘tayotgan Media forum ertaga o‘z ishini yakunlaydi.

Увеличить на0%